https://ok.ru/videoembed/1538031225535
Hokimning vazirlar, keksalar, quruvçilar, zaldagi yiğilişda mudrayotgan yoşlar va umuman turli toifadagi faollar oldida namunali çiqişlaridan iborat lavhalar namoyiş etiladigan bu havaskorlik klipida şunday sözlar bor:
Bizni boşlab zafarga, elni boşlab haşarga,
Yurtboşimiz işongan, hokim keldi şaharga.
Omon bölsin joningiz, uluğ bölsin şoningiz,
Avlodlarning qalbida qolarsiz inoningiz.
Sira tinim bilmaydi, el dardini tinglaydi,
Tadbirkor-u işçini doim suyab qöllaydi.
Elim bugun bunyodkor, inşootlar nurviqor,
Yangi şahar quruvçi bir qahramon hokim bor!..
Ijtimoiy tarmoqlarda Nurafşon şahri hokimligi rasmiy sahifasi ramzi bilan e'lon qilingan bu qöşiq ğoyasi muallifi Fotima Töxtanazarova ekani izohlarda bildirib ötilgan. Lekin bu ma'lumotni keyinçalik biz bilan boğlangan Fotima Töxtanazarovaning özi rad etdi. Ma'lum qilişiça, bu qöşiq yaratilişida uning mutlaqo aloqasi bölmagan.
Qayd etiş kerakki, Qahramon Hakimov Nurafşon şahri hokimi bölganiga hali bir yil ham tölmagan. 2019 yilning 15 avgustida Xalq deputatlari Nurafşon şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasiga u yangi hokim sifatida taniştirilgandi. Roppa-rosa 11 oy içida, hali Özbekiston tarixida biror hokim qöşiqlarda madh etilmagan bir paytda u şunga munosib körilmoqda.
Kun.uz muxbiri öziga xos yangilik sifatida qaraş mumkin bölgan bu qöşiq böyiça izoh oliş uçun Toşkent viloyati hokimi matbuot xizmati rahbari Behzod Qobulov bilan boğlandi.
– Bu qöşiq ğoyasi taşabbuskorlarniki, sözlari Ma'murjon Bozoraliyevga tegişli. Kuylayotgan yigitlar Nurafşon madaniyat bölimi xodimlari, turli badiiy jamoalar vakillari.
– Hokimning özi bu qöşiq yaratilganidan xabari bormi?
– Hozirça bu masalada hokim bilan boğlana olmadim. Uni tayyorlab tarqatganlarning aytişiça, hokimning bundan xabari bölgan. Ular bunyodkorlik işlaridan ruhlanib, şunday işga qöl urişgan. Lekin hokim Qahramon aka juda kamtar odam, bunga yöl qöymagan bölsa kerak, deb öylayman. Şu bois, etikaga töğri kelmasligi tufayli Nurafşon şahri hokimligi rasmiy sahifasidan bu qöşiqni öçirtirdik.











