AQŞ Davlat departamentining xabar berişiça, Özbekiston diniy erkinlik buzilişi tufayli xavotirga sabab bölayotgan davlatlar röyxatida qoldirildi.
Davlat departamenti bayonotida aytilişiça, diniy erkinlikni himoya qiliş Tramp ma'muriyati taşqi siyosatining ustuvor yönalişidir. Din yoki e'tiqod böyiça ta'qib hamda kamsitiş dunyoning barça mintaqalarida mavjud ekani aytiladi.
«Amerika Qöşma Ştatlari diniy erkinlikni tarğib qiliş va bu boradagi huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş ustida işlaşni davom ettirmoqda. Uşbu sönggi belgilar uşbu muhim işning davomi», - deyiladi Davlat departamenti bayonotida.
2019 yil 18 dekabr kuni Davlat departamenti Birma, Xitoy, Eritreya, Eron, Şimoliy Koreya, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va Turkmanistonni 1998 yilgi «Diniy erkinlik töğrisida»gi qonunga binoan, «diniy erkinlik buzilişi doimiy ravişda davom etayotgan va bu borada juda jiddiy holatlar uçrayotgan» vaziyatlarda qatnaşganlik yoki unga yöl berganlik uçun alohida taşviş tuğdirayotgan davlatlar sifatida qoldirdi.
Davlat departamenti Komor orollari, Rossiya va Özbekistonni «diniy qonunbuzarliklarning jiddiy holatlari»ni sodir etgan yoki sodir etilişiga yöl qöygan hukumatlar uçun Maxsus nazorat röyxatiga (Special Watch List) kiritdi.
Bundan taşqari, uşbu röyxatga Kuba, Nikaragua, Nigeriya va Sudan qöşildi. Sudan SWL’ga ötiş davri hukumati tomonidan «diniy erkinliklarning muntazam, doimiy va qöpol ravişda buzilişi»ni bartaraf etiş böyiça qöyilgan muhim qadamlar tufayli ötkazildi.
Şuningdek, «Al-Qoida», «Al-Şabob», «Boko Haram», husiylar, IŞID, «IŞID-Xuroson» va «Tolibon» alohida taşvişga solayotgan taşkilotlar sifatida körsatildi.
«Uşbu qarorlar Amerika Qöşma Ştatlarining öz diniy yoki e'tiqod erkinligidan foydalanmoqçi bölganlar kişilarni himoya qiliş majburiyatini ta'kidlaydi. Bizning fikrça, har bir inson har doim va hamma joyda öz e'tiqodiga muvofiq yaşaş huquqiga ega bölişi lozim. Biz uşbu asosiy huquqlarni buzişga harakat qilayotgan davlat va nodavlat taşkilotlarga çaqiriq taşlaşda davom etamiz, ular öz harakatlari uçun javobgarlikka tortilişlarini ta'minlaşga harakat qilamiz», - deyiladi Davlat departamenti bayonotida.
AQŞ Özbekistonni diniy erkinliklar masalasida maxsus kuzatuv röyxatiga kiritdi













