13 oktabr kuni Dubay amirligining taxt vorisi Şayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga taşrif buyurdi.
Martabali mehmon loçin bilan ov qiliş maqsadida Dubai Air Wing kompaniyasining Boeing 747 samolyotida Navoiy şahriga uçib keldi. Bu şahzoda uçun an'ana bölib qolgan va u har yili Özbekistonga şu maqsadda keladi.

Qayd qiliş joizki, Navoiy şahridan qariyb 50 kilometr uzoqlikdagi çöl hududida 300 gektar yer maydonni egallagan «Amirliklarning yörğa tuvaloqni asraş markazi» (AYTAM) joylaşgan.
Markaz Birlaşgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Dubay amirligining hokimi, Şayx Muhammad bin Roşid Ol Maktum taşabbusi bilan 2008 yilning aprel oyida taşkil etilgan.
AYTAM faoliyatining asosiy maqsadi – Özbekistonda Osiyo yörğa tuvaloğining barqaror populyatsiyasini qöllab-quvvatlaş, ularni köpaytiriş, asraş hamda har yili quşlarni yovvoyi tabiiy muhitga qöyib yuboriş kabi tadbirlar majmuasidan iborat.
Quşlarni yovvoyi tabiatga uçiriş mavsumi asosan sentabr-oktabr oylari hisoblanadi. 2012 yildan şu vaqtga qadar markaz tomonidan tabiatga 10 mingga yaqin yörğa tuvaloq yovvoyi tabiatga uçirilgan.
Şahzoda Hamdan boşçiligidagi delegatsiya loçinlar bilan şu hududda tuvaloqlarni ovladi va bu haqdagi videolavhani Tvitter sahifasiga joyladi.
#Uzbekistan Trip#Fazza pic.twitter.com/34jYp9ohgl
— قروب فزاع (@groupfazza) October 16, 2019
Hamdan ibn Muhammad Ol Maktum - Dubay amiri Muhammad ibn Roşid Ol Maktum öğli, Dubay amirligining merosxör şahzodasi, 1982 yilda tuğilgan. U juda faol hayot keçirişi bilan maşhur. Uning qiziqişlari doirasi kengligi hammani hayratga soladi. Şahzoda paraşyutdan sakraş,










