Toğ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qiliş inspeksiyasi (Kontexnazorat) Toşkentning Yangihayot tumanida yangi qurilgan köp qavatli uy lifti qulagani böyiça rasmiy ma’lumot berdi.
Inspeksiyaga köra, Yangi Darxon mahallasidagi 16 qavatli uy “Land House” MÇJ tomonidan 2023 yil aprel oyida foydalanişga topşirilgan. Avvalroq Boş prokuratura 16 qavatli bu uy may oyida foydalanişga topşirilganini ma’lum qilgandi.
Sanoat xavfsizligi organi bayonotida aytilişiça, bu uyga örnatilgan lift Turkiyaning “Axtem asansor” korxonasi tomonidan 2022 yilda işlab çiqarilgan.
“Yuk kötariş quvvati 1000 kg bölgan lift qurilmasi 16-qavatdan 1-qavatga harakatga kelgaç, mazkur lift qurilmasini liftning tezligini nazorat qiluvçi, ya’ni töxtaş lozim bölgan qavatga yaqinlaşgan davrida lift kabinasini sekinlatuvçi (datçik zamedleniya) qurilmasi nosozligi sababli tezlik kamaymagani, 1-qavatga yaqinlaşganda liftning avtomatik tormoz tizimi işga tuşib töxtagani, tezlik kamaymagani tufayli lift şaxtada örnatilgan bufer qismiga kelib örilgani taxmin qilindi”, – deya birlamçi örganiş natijalarini ma’lum qildi inspeksiya.
Qayd etilişiça, lift töxtagandan keyin şu mavzedagi uylarga xizmat körsatuvçi injiniring kompaniyasi “Premium Promotion” MÇJning liftlarga xizmat körsatuvçi mutaxassislari eşikni oçib, liftdan taxminan 11 kişini çiqarib olgan, bulardan 3 kişi turli xil sinişlar bilan şifoxonaga yotqizilgan (Boş prokuratura farqli ma’lumot bergan).
Kontexnazoratga köra, hozirda bu mavzedagi barça liftlarni qayta navbatdan taşqari texnik körikdan ötkaziş va liftlarning tezligini nazorat qiluvçi, ya’ni sekinlatuvçi (datçik zamedleniya) qurilmalari qayta körikdan ötkazilyapti.
Şuningdek, inspeksiya mutaxassislari tomonidan Toşkent şahri va viloyatlardagi köp qavatli uylarda örnatilgan liftlarni texnik körikdan ötkaziş işlari boşlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Boş prokuratura bergan xabarga köra, yangi foydalanişga topşirilgan uyning aholi uçun ajratilgan 2 ta lifti nosoz holda bölgan, şu sababli fuqarolar yuk taşuvçi liftdan foydalanib kelişgan. Idora axborotida lift içida 13 kişi bölgani, ularning barçasiga tibbiy yordam körsatilgani, 6 kişining oyoği singani va ular reabilitatsiya bölimiga yotqizilgani aytilgandi

















