Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan qiziqçilik san'ati ustalarining ommaviy tadbirlardagi çiqişlariga tayyorlaniş, ssenariyni tuzişda hamkorlik qiliş taklif etildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

26 fevral kuni Toşkentdagi «Turkiston» saroyining majlislar zalida «Özbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan «Badiiy söz san'ati va sahna mas'uliyati» mavzusida davra suhbati taşkil etildi. Suhbatda qiziqçi va söz ustalarining ijodida kuzatilayotgan kamçilik va qusurlarni bartaraf etiş, oldini oliş va tartibga soliş kabi muhim masalalar muhokama etildi. Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi vakili söz ustalari bilan hamkorlik qiliş taklifini bildirdi. 

«Ssenariyni birgalikda tuzaylik, siz uni jonlantiring. Hali bu masalani yana norasmiy, erkin  ijodiy muhitda muhokama qilamiz», – deydi markazning Madaniyat va san'at taşkilotlari bilan işlaş bölimi boşliği Rajab Rajabov.

Avvalroq, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Alişer Qodirov köp şov-şuv va muhokamalarga sabab bölgan Toşkentda konsert bergan ayrim ğarb musiqa ijroçilari, TV efiriga uzatilgan «Bravo» guruhining konsert dasturi böyiça mulohazalarini bildirgandi.

«Afsuski, Özbekiston Respublikasi amalda bölgan qonunçilik normalariga köra, şunday lavhalarning efirga uzatilişiga yöl qöymaslik uçun «Ommaviy axborot vositalari töğrisida»gi qonunning ayrim bandlariga özgartiş kiritiş ehtiyoji paydo böladi», – degandi u.

Alişer Qodirovning aytişiça, «Bravo» guruhining konsert dasturi böyiça Markazga bir neçta murojaat bölgan. 

«Lekin amaldagi qonunçilikka asosan, biz ularning faoliyatini taqiqlaş vakolatiga ega emasmiz. Tegişli vakolatga ega taşkilotlar esa vakolati doirasida harakatlarini yetarliça asoslab berişga imkon topmayapti. Çunki bu – tadbirkorlik faoliyati. Nafaqat TV, balki barça turdagi OAV, erkin bosma naşrlar bilan hamkorlikda işlab, ommaviy madaniyatning salbiy ta'sirlaridan jamiyatni asraş böyiça işlar taşkil etiladi. 

Bu – senzura emas.  Bizga yot bölgan masalalarning kirib kelişiga nafaqat ayrim taşkilotlar, balki jamoatçilik kuçni birlaştirib harakat qilişi lozim», – degan Qodirov.