Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mashinalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda to‘lanadigan yig‘imlar miqdori qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekistonda avtomototransport vositalarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda to‘lanadigan yig‘imlar miqdori qayta ko‘rib chiqiladi.
2019-2021 yillarda notariat institutini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da aytilishicha, bu fuqarolarning ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitimlar (ishonchnoma) rasmiylashtirish holatlariga barham berish yuzasidan amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, tegishli tahliliy ma'lumot takliflar bilan 2019 yil noyabr oyigacha taqdim etiladi. Ijro etilishiga mas'ul - Adliya vazirligi (Davletov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Moliya vazirligi (Ishmetov,) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev).
Avvalroq, 1 oktyabrdan boshlab yaqin qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilinishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:54 / 25.10.2024
O‘zbekistonda sotilgan eng qimmat va antikvar avtomobil haqida ma’lumot berildi
19:11 / 06.12.2022
O‘zbekistonda notarial harakatlar soddalashtirilmoqda
08:14 / 24.06.2021
Notariat va advokaturada ichki nazorat kuchaytirildi
17:08 / 20.03.2020