Prezidentning “Ta'lim maskanlarida biznesga öqitiş va moliyaviy savodxonlikni oşirişni kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Öquvçi yoşlarni tadbirkorlikka örgatiş va ularning sohalar böyiça tadbirkorlik könikmalarini şakllantirişni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:

  • öquvçi yoşlarni maktab davridan boşlab moliyaviy savodxonligini oşiriş, ularda biznes yuritiş böyiça könikmalarni şakllantirib boriş;
  • öquvçi yoşlarning tajribali hamda el-yurt taniydigan tadbirkorlar bilan oçiq muloqotini joriy qiliş, şuningdek ularning tajribasini
  • va bosib ötgan yöllarini tarğib qiliş;
  • yetuk tadbirkorlar tomonidan yoş avlodga öz könikma va tajribalari bilan örtoqlaşib boriş, zamonaviy fikrlovçi işbilarmonlar avlodni östirib boriş;
  • umumiy örta ta'lim muassasalarida tadbirkorlik sohasida zaruriy könikmalarni şakllantirişga qaratilgan darslarni yölga qöyiş;
  • tadbirkorlar tomonidan tadbirkorlik maktablarini taşkil etişlarini qöllab-quvvatlaş hamda ularni uşbu sohada keng rağbatlantirilişi ta'minlaş;
  • tadbirkorlik va biznes boşqaruvi sohasida “fan-ta'lim-işlab çiqariş” tamoyilidagi uzluksiz ta'lim zanjirini joriy etiş maqsadida talabalarga moliyaviy savodxonlikni örganiş böyiça uslubiyot va tavsiyalarni işlab çiqişni muvofiqlaştiriş.

2022/2023 öquv yilidan boşlab, umumiy örta ta'limning milliy öquv dasturi doirasida bosqiçma-bosqiç tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik könikmalarini şakllantirişga qaratilgan darslarini kiritiş çoralari köriladi.