Kun.uz’ning hukumatdagi manbalariga köra, prezident Şavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga kutilayotgan taşrifi çoğida Özbekistonning uşbu ittifoqqa kuzatuvçi sifatida a'zoligi haqida rasman e'lon qilinadi. 

Kun.uz muxbiri YeOIIga a'zolik Özbekiston uçun nimalar berişi va qanday oqibatlar keltirişi borasida Senat rasmiylari – Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi raisi Erkin Gadoyev hamda Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi raisi Ravşanbek Alimov bilan suhbat taşkil qildi.

Ilyos Safarov: – 19 may kuni YeOIIga a'zo davlatlarning prezidentlari videokonferensiya orqali majlis ötkazişdi. Unda Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev iqtisodiy ittifoqni tanqid qilib, «Ittifoq strategiyasi»ni hozirça imzolamasligini bildirdi.

Töqayev ittifoq nima maqsadda taşkil qilingan bölsa, ularni bajarmayotgani, bu ittifoq iqtisodiy ittifoq bölmay qolayotgani va ittifoq parlamentida a'zo davlatlarning rahbar vakillari soni ular tölagan pulga qarab belgilanişini (hozir Rossiya eng köp mablağ sarflagani uçun aksariyat rahbar mansablarni egallab turibdi) tanqid qildi. Ittifoqning köp yillik a'zo davlati Qozoğiston prezidentining bu sözlari siz uçun nimani anglatadi?

Ravşanbek Alimov: – Rahmat savolingiz uçun. Haqiqatan, hammamiz ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalari orqali Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqi kengaşi anjumanini kördik. Siz bergan savolga javob beradigan bölsam, menimça, Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqidagi muhim bölgan muhokama, xususan, Qozoğiston rahbarining bunga munosabati, taklif etilayotgan taşkilotning yangi strategiyasiga taalluqli bölgan fikrlar. Umuman olganda, mening tuşunçam böyiça, Qozoğiston rahbariyati taşkilot faoliyatini ijobiy baholagan. Ya'ni oldinda ulkan istiqbollar borligi ta'kidlangan. Mening fikrimça, Qozoğiston prezidentining bunday munosabati köproq taklif etilayotgan yangi hujjatga – strategiyaning loyihasiga nisbatan bölgan. Savolingiz juda örinli. Bu muzokara Özbekistonning ham e'tiborini tortdi. Ya'ni bu yana bir marta uşbu taşkilot bilan hamkorlikni çuqur örganişda bizga yana bitta turtki bölyapti. Kuzatuvçi bölib hamkorlik qilayotganimiz yölimizning töğriligini körsatmoqda, mening nazarimda. Çunki bu kuzatuvçilik maqomi taşkilotni yaqindan, çuqurroq örganib, yönalişlarini belgilaşga imkon yaratdi.