Savdo, bojxona, milliy valuta, logistika va global xavf-xatarlar - Mirziyoyev YeOII kengaşida nutq sözladi
|05:24 / 26.05.202325 0368 min
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Oliy darajadagi Yevrosiyo iqtisodiy kengaşi yiğilişida videoaloqa orqali qatnaşib, nutq sözladi.
Foto: Prezident matbuot xizmatiFoto: Prezident matbuot xizmati
Şavkat Mirziyoyev 25 may kuni Yevrosiyo iqtisodiy kengaşining 30-yiğilişida videoaloqa orqali iştirok etdi. Özbekiston 2020 yilda bu taşkilotda kuzatuvçi maqomini olganidan buyon prezident uning sammitlarida doimiy ravişda qatnaşyapti.
Özbekiston prezidenti YeOII doirasida amalga oşiriş muhim bölgan çora-tadbirlar borasida nutq sözladi.
«Özbekiston YeOII huzuridagi kuzatuvçi davlat sifatida Birlaşma doirasida özaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan köp tomonlama tadbir va loyihalardagi faol iştirokini davom ettirmoqda», dedi Şavkat Mirziyoyev.
«Birinçidan, savdo munosabatlarini kengaytiriş uçun qulay şart-şaroitlarni şakllantiriş, yangi ösiş nuqtalari va imkoniyatlarni izlaş böyiça birgalikda samarali işlar olib borildi. Ötgan yil yakunlariga köra, Özbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tovar ayirboşlaş hajmi 23 foizga köpaydi. Barqaror ösiş sur’atlari joriy yilda ham kuzatilmoqda.
Ikkinçidan, biz sanoat kooperatsiyasi sohasida jiddiy yutuqlarga erişdik. Faqatgina keyingi yillarda yurtimizda Birlaşma tarkibidagi mamlakatlarning kompaniyalari iştirokida ustuvor tarmoqlarda yuzlab loyiha va korxonalar işga tuşirildi.
Uçinçidan, işbilarmonlar örtasidagi muloqotni rağbatlantiriş uçun, jumladan, mamlakatlarimiz hududlarining mavjud salohiyatidan foydalangan holda, samarali platformalar yaratildi.
An’anaviy tus olgan «INNOPROM. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat körgazmasini bunga misol sifatida keltirmoqçiman. Aprel oyida uşbu körgazma uçinçi bor Toşkentda muvaffaqiyatli ötkazildi, unda mamlakatlarimizning ikki mingdan ziyod kompaniyalari iştirok etdi. Körgazma yakunlari böyiça umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq bölgan investitsiya bitimlari va savdo şartnomalari imzolandi.
Törtinçidan, biz institutsional mexanizmlarni mustahkamlayapmiz – Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan yaqin va konstruktiv hamkorlikni rivojlantiryapmiz, YeOII organlarining tadbirlarida faol iştirok etmoqdamiz.
Uç yilga möljallangan Birgalikdagi işlar rejasi doirasida qonunçilikni xalqaro normalarga uyğunlaştiriş, iqtisodiyotni tartibga soliş borasida tajriba almaşiş, savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş yölidagi tösiqlarni bartaraf etiş böyiça 200 dan ziyod tadbirlar ötkazildi.
Mavzuga oid
Özbekiston savdo tartibotlarini soddalaştiriş böyiça hamda transport, qişloq xöjaligi, ekologiya va turizm sohalaridagi alohida dasturlar va tarmoq loyihalarida iştirok etişni boşladi.
Yaqin istiqboldagi rejalarimizdan qöşma Işçi guruhning navbatdagi yiğilişini şu yilning avgust oyida ötkaziş örin olgan», dedi prezident.
Şu bilan birga, davlat rahbari tösiq bölayotgan bir qator omillar va hal qilinmagan masalalar ham borligini qayd qildi. Jumladan, kuzatuvçi davlatlarning Birlaşma doirasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan taşabbuslarini röyobga çiqariş mexanizmlari yöqligini aytdi.
Bundan taşqari, YeOII mamlakatlaridagi savdoga, şu jumladan, qişloq xöjaligi mahsulotlari, energiya resurslari va boşqa xomaşyo tovarlarini yetkazib berişga nisbatan çeklovlarni qöllaş bilan boğliq masalalar tartibga solinmaganini ta’kidladi.
Şuningdek, transport va logistika sohasida amalga oşiriş taşabbusi ilgari surilgan, xususan, sifatli va hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlarini jadallaştirilgan tartibda özaro yetkazib beriş loyihalari kutilgan natijasini hali berayotgani yöqligini qayd qildi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev global xavf-xatarlar, transport-logistika zanjirlarida jiddiy uzilişlar, oziq-ovqat taqçilligi va energetik xavfsizlik tahdidlari va boşqa muammolar kuçayib borayotgani mamlakatlarimiz barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining birinçi galdagi vazifalarini hal etiş uçun yaqin hamkorlikni yanada muvofiqlaştirişni taqozo qilişini aytdi.
«Mazkur sammit amaliy hamkorligimizning ustuvor yönalişlarini belgilab oliş va birgalikdagi harakatlarimizni muntazam kelişib boriş uçun imkon yaratadi, deb umid qilaman.
Birinçidan. Özbekiston mamlakatlarimiz örtasida savdo aylanmasi hajmini tubdan oşiriş uçun savdo tartib-tamoyillarini soddalaştiriş va zarur şart-şaroitlarni yaratiş böyiça birgalikdagi işlarni davom ettirişga tayyor.
Texnik tösiqlarni bartaraf etiş va muvofiqlik sertifikatlarini özaro e’tirof etiş töğrisida bitimning qabul qilinişi bunga imkon beradi, deb hisoblaymiz.
Şu maqsadda Özbekistonda YeOII normalarini milliy texnik reglamentlar bilan uyğunlaştiriş böyiça tayyorgarlik işlari töliq yakuniga yetkazildi.
Şuningdek, milliy valutalarda özaro hisob-kitoblarni rivojlantiriş böyiça işlarni davom ettirayapmiz.
Ikkinçidan. Bojxona ma’murçiligi, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya nazorati, şuningdek, tovarlar kelib çiqişini sertifikatlaş böyiça elektron platformalar va onlayn-tizimlarning integratsiyasi, fikrimizça, iqtisodiy hamkorlikni va işbilarmonlar muloqotlarini kengaytirişga xizmat qiladi.
Bu taşabbusni amalga oşiriş mexanizmlarini işlab çiqiş uçun ekspertlar darajasida batafsil maslahatlaşuvlarni ötkazişga tayyormiz.
Uçinçidan. Sanoat kooperatsiyasi va mahalliylaştirişni çuqurlaştiriş böyiça qöşma çora-tadbirlarni qabul qiliş Yevrosiyo makonida yangi iş örinlarini yaratiş va sanoat xablarini şakllantirişning muhim omili, deb hisoblaymiz.
Kooperatsiya loyihalarini amalga oşirişni moliyaviy qöllab-quvvatlaşga qaratilgan köp tomonlama dasturlarda iştirok etişdan manfaatdormiz. Bu örinda söz qayta suğurtalaş faoliyati sohasida biznes-hamjamiyat taşabbuslari va milliy taraqqiyot institutlarining amaliy hamkorligi haqida bormoqda.
Biznes darajasida uzoq muddatli şeriklik aloqalarini yölga qöyiş uçun YeOII Işbilarmonlar kengaşi faoliyatiga qöşiliş rejalaştirilgan.
Törtinçidan. Transport va tranzit sohasida özaro hamkorlik bizning şerikligimizda strategik yönaliş hisoblanadi. Hozirgi şaroitda muqobil transport yölaklarini şakllantiriş böyiça birgalikdagi işlarimizni kuçaytiriş va barqaror logistika zanjirlarini yaratiş muhimdir.
Şimol – Janub xalqaro yölaklarini va Xitoyni mintaqamiz, Yaqin Şarq va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan boğlovçi boşqa magistrallarni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaymiz.
Tarif siyosati masalalarida yaqin muvofiqlaştiriş tarafdorimiz.
Şuningdek, Özbekiston – Afğoniston – Pokiston temiryöli qurilişini amalga oşiriş böyiça loyiha ofisi işiga qöşilişga taklif etamiz.
Beşinçidan. Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida hamkorlikni kengaytiriş muhim deb hisoblaymiz.
Şu nuqtai nazardan, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat tovarlari importi örnini davlatlarimizda işlab çiqarilayotgan mahsulotlar bilan faol egallaşni rağbatlantiriş, «yaşil» yölaklar, şu jumladan, «Yevrosiyo agroekspressi»ning tölaqonli faoliyatini ta’minlaş, ilmiy-amaliy tadqiqotlarni birgalikda olib boriş va innovatsiyalarni joriy etişni qöllab-quvvatlaş, mamlakatlarimiz agrobiznes vakillari kooperatsiya aloqalarini rivojlantirişni rağbatlantiriş va faoliyatini har tomonlama qöllab-quvvatlaş muhimdir.
Uşbu maqsadlarda şu yilning oktabr oyida Özbekistonda qişloq xöjaligi vazirlari, yetakçi işlab çiqaruvçilar va oziq-ovqat mahsulotlari import qiluvçilar iştirokida «YeOII plyus» formatida Agrar forum ötkazişni taklif etamiz.
Oltinçidan. Özbekiston yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaşda yanada keng hamkorlik qiliş, oliy öquv yurtlari va professional ta’lim markazlari örtasida şeriklik munosabatlarini yölga qöyiş, ilmiy tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş böyiça qöşma loyihalarda iştirok etişdan ham manfaatdordir.
Muhandislik-texnik ixtisosliklar böyiça talab yuqori bölgan kadrlarni birgalikda tayyorlaş yuzasidan «Yöl xaritasi»ni işlab çiqiş zarur, deb hisoblaymiz», dedi prezident.
Şavkat Mirziyoyev öz nutqi yakunida YeOII doirasidagi köp tomonlama şeriklik böyiça dastur va loyihalarda Özbekistonning iştirokini qöllab-quvvatlayotgani uçun hamkasblariga minnatdorlik bildirdi.
«Bugungi yiğiliş natijalari mamlakatlarimizning barqaror taraqqiyoti va farovonligi yölida özaro manfaatli hamkorlikning yangi yönalişlari, şakl va mexanizmlarini rivojlantirişga xizmat qilişiga işonaman», deb yakunladi prezident.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi