18 iyun kuni Toşkent şahri Yangihayot tumanidagi 16 qavatli uyda pastga tuşayotgan liftning “trosi” uzilib, tezlaşib ketişi oqibatida 11 kişi jarohat oldi. Ularning ayrimlari hamon şifoxonada davolanmoqda. Kun.uz muxbiri ular bilan suhbatlaşdi.
“Liftga 9-qavatdan beş kişi kirgan ekan. Keyin biz 16-qavatga çaqirdik va ikki nabiram bilan birgalikda yana 4 kişi mindik. Birdan qasur-qusur boşlanib, çang-tözon kötarilib ketdi. Hamma baqirib, özi bilan özi bölib qoldi: bir şönğişda yertölaga tuşib ketdik. Umuman töxtamadi.
Nabiramni quçoqlab oldim. Yerga urilgan payti oyoğim sindi. Öğlimga heç narsa bölmabdi, içkarida edi. Harakat qilib lift eşigini ozgina oçdi va havo kirdi. Keyin taşqaridan odamlar kelib, yordamlaşdi. Pastga tuşib ketgaç ham 40-50 minut qolib ketdik lift içida. Hamma nima bölganini bilmay, xuşsiz holatga tuşib qoldi. Hatto xotiram ketib qoldi, şifoxonaga kelganimizda ismimni eslolmadim. Ikki yoşli nabiramning tişi sindi, yetti yoşlisining közi kökaribdi.
Oldin ham bir-yarim çiqardik u liftga, negadir tez tuşib-tez çiqardi. Ha bu lift şunaqa tez ekan-da, deb öylardik. Aslida nosoz ekan u. Liftçilarga ham, quruvçilarga ham da’vom bor, qarigan paytimda bunday çöloq bölib qolişim juda qiyin”, deydi lift içida bölgan Maryam Şomardonova.
Liftda bölib, jarohat olganlarning yana biri fuqaro Şirin Mamadiyorova. U jiyanining uyiga mehmondorçilikka borgan va qaytişda 9-qavatdan liftga mingan.
“Biz liftga mingaç 16-qavatga çaqiruv böldi va u yerdan ikki bolasi bilan 4 kişi çiqdi. Lift yurgaç, ikki qavatdan keyin tezlaşib ketdi va yerga borib zarb bilan urildi. Qörqib qoldim, ötirmoqçi edim, bir oyoğim özimga böysunmadi. Şok holatiga tuşib qoldik. Atrof baqir-çaqir bölib ketdi. Erkaklar eşikni oçişga harakat qildi. Taşqaridan ham yigitlar yordamga kelişdi. Lift eşiklarini amallab oçib, bizni taşqariga çiqarişdi”, deya ta’kidlaydi Şirin Mamadiyorova.
Şifokor Anvar Ismoilovga köra, şifoxonaga 8 nafar bemor murojaat qilgan. Ularning ayrimlarida qöl va oyoq suyaklarining yopiq sinişi kuzatilgan. Hozirda bemorlarning ahvoli qoniqarli.
Kun.uz muxbiri voqea sodir bölgan tundayoq hodisa joyida bölib, guvohlar bilan suhbatlaşgandi
















