Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shovotlik kelinning o‘zini osib vafot etgani holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilindi
Marhumaning turmush o‘rtog‘iga nisbatan qasddan yengil tan jarohati yetkazganlikda ifodalangan ma'muriy ish qo‘zg‘atilib, sudga yuborilgan.
Xorazm viloyati, Shovot tumani prokuraturasi tomonidan Muxlisa Qadamboyevaning 1 aprel kuni o‘z joniga qasd qilgani holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borildi.
Tekshiruv yakuni bo‘yicha qayd qilingan holatda biror-bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlanmagan. Shu sababli, Jinoyat protsessual kodeksi 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilindi.
Muxlisa Qadamboyevaning turmush o‘rtog‘i Murod Yangiboyevga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 52-moddasi 2-bandiga (qasddan yengil tan jarohati yetkazish) asosan ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan holda ish hujjatlari sudga yuborilgan.
Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi Xorazm filiali Shovot tumani bo‘linmasi tomonidan o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, Muxlisa Qadamboyeva o‘limiga bo‘yin a'zolarini sirtmoq bilan siqilishi natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.
Uning o‘ng ko‘zi pastki qovog‘ida qontalash aniqlangan. Bu jarohat o‘tmas qattiq jism ta'sirida kelib chiqqani va yengil tan jarohati guruhiga kirishi, jarohat 2-3 kun oldin yuzaga kelgani va o‘lim bilan bevosita bog‘liq emasligi qayd etilgan. Shuningdek, Muxlisa Qadamboyeva murdasida homiladorlik aniqlanmagan.
Kun.uz muxbiriga ko‘ra, Muxlisa Qadamboyevaning onasi Rohatoy Boyjonova ayni vaqtda ekspertiza xulosasidan norozi ekani haqida shikoyat yozgan.
Mavzuga oid
08:34 / 19.06.2026
1400 dollar olgan hokim yordamchisi ushlandi
09:15 / 18.06.2026
Elektr tarmoqlariga ulab berish evaziga pul olgan mas’ullar ushlandi
13:14 / 14.06.2026
O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi «chigirtkalar bosqini» yuzasidan izoh berildi
15:32 / 25.05.2026