Prezident Şavkat Mirziyoyev Yangi Toşkent şahri loyihasi konsepsiyasi va poytaxtdagi bunyodkorlik işlariga oid taqdimot bilan tanişdi.
Davlat rahbari 18 mart kuni Yangi Toşkent şahri loyihasiga tamal toşi qöygan edi. Bugungi taqdimotda uning birinçi bosqiçi doirasidagi masalalar körib çiqildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu bosqiçda 60 ming aholiga möljallangan köp qavatli uylar, davlat idoralari uçun ma’muriy binolar, boğlar, ijtimoiy va iqtisodiy obektlar barpo etilişi rejalaştirilgan. Bularni loyihalaştiriş va barça işlarni muvofiqlaştiriş uçun direksiya tuzildi. Xorijiy megapolislardagi urbanizatsiya va quriliş tajribasi örganildi.
Şunga muvofiq, Yangi Toşkentni administratsiya, iqtisodiyot, ta’lim, soğliqni saqlaş va madaniyat kabi 5 ta negiz asosida quriş möljallanmoqda. Bularning har biri tizimdagi böğinlar va quyi taşkilotlarni öz içiga oladi.

Taqdimotda bunyodkorlik jarayonining “yöl xaritasi” böyiça ham axborot berildi. Ulkan loyihani amalga oşiriş avvalo infratuzilma yaratişdan boşlanadi. Ta’kidlanişiça, bunda zamonaviy urbanizatsiya yondaşuvlari, “aqlli” texnologiyalar qöllanadi. Masalan, “uç generatsiya” stansiyasi qurilib, ham elektr işlab çiqariladi, ham binolar qişda isitilib, yozda sovitiladi. Barça elektr, aloqa tarmoqlari, gaz va suv quvurlari yer tagidan ötkaziladi.
Ma’lum qilinişiça, şaharda infratuzilma, turmuş va ekologiya mutanosib böladi. “Toşkentning yaşil belboği” loyihasi şu yerdan boşlanadi. Piyodalar va velosipedçilarning erkin harakatlanişi uçun qulay şaroit yaratiladi. Şu maqsadda avtomobillar uçun yerosti turargohlari, 14 ta zamonaviy tunel, Çirçiq va Qorasuv daryolari ustida 7 ta köprik bunyod etiladi.
Şavkat Mirziyoyev bölajak şaharda “inson qadri” tamoyilini qaror toptiriş, turli yoşdagi odamlarning ehtiyojlarini inobatga olib, barça qulayliklarni yaratiş zarurligini ta’kidladi. Inşootlarni ekspluatatsiya va transportlar uçun qulay joylaştiriş, yaşil hududlar köp bölişiga alohida e’tibor qaratiş zarurligini aytdi.
Taqdimotdagi yana bir loyiha Toşkent yerusti metrosining ostida savdo va xizmat şoxobçalarini joylaştiriş haqida böldi. Jumladan, mazkur transport inşootining Yaşnobod tumanidagi qismida 4 kilometr böş joy bor. U yerda yaşil hududlar, avtoturargoh, vorkaut maydonçalari, savdo va xizmat körsatiş şoxobçalari taşkil etiş mumkin. Bu borada Berlin şahri tajribasi örganilgan.

















