Rossiya politsiyasi Moskva oblastida sobiq jurnalist, Pervyy kanal»ning sobiq xodimi Marina Ovsyannikovani qölga oldi. Buni 17 iyul, yakşanba kuni uning Telegram-kanalida e’lon qilingan suratlar tasdiqlaydi. 

«OVD-Info» inson huquqlari loyihasiga köra, advokat ayol bilan boğlana olmayapti. Keyinroq huquq himoyaçilari Ovsyannikova Moskvaning Krasnoselskiy tumani politsiya bölimida ekanligi haqida xabar berişdi. Advokat Dmitriy Zaxvatov uning oldiga yöl oldi.

Ikki kun avval, 15 iyul kuni Marina Ovsyannikova Kreml oldida uruşga qarşi piketga çiqdi va «Putin — qotil. Uning askarlari — faşistlar. 352 bola halok böldi. Siz töxtaşingiz uçun yana qança bolalar nobud bölişi kerak?» deb yozilgan plakatni kötarib oldi. Biroq, u Sofiyskaya qirğoği böyidagi miting paytida qölga olinmagan. 

Mart oyining örtalarida Ovsyannikova, «Pervyy kanal»da keçki yangiliklar muharriri bölib işlayotganda, «No war. Uruşni töxtating. Propagandaga işonmang. Bu yerda sizga yolğon gapirişyapti. Russians against war» plakati bilan töğridan töğri efirga çiqib ketgandi. Bundan oldin u videomurojaat yozib qoldirgan: «Hozir Ukrainada sodir bölayotgan voqealar jinoyatdir. Rossiya bosqinçi davlat va bu tajovuz uçun faqat bir kişi javobgar. Bu şaxs Vladimir Putindir». Natijada, Ovsyannikova miting ötkazişning belgilangan tartibini buzganlik haqidagi ma’muriy modda böyiça, aksiya oldidan yozib olingan video tufayli 30 ming rubl miqdorida jarimaga tortildi. 

Aprel oyi boşida Berlinda joylaşgan Axel Springer mediakonserni Ovsyannikova Germaniyaning Welt yangiliklar telekanaliga işga olinganini e’lon qildi. Uç oy ötgaç, şartnoma tugadi va u Rossiyaga qaytib keldi. 

Germaniyaning «Ozodlik uçun OAV mukofoti» («Freiheitspreis der Medien») laureati bölgan Ovsyannikovaga oxir-oqibat mukofotni topşirmaslikka qaror qilindi. May oyida u «Ijodiy norozilik uçun» Vatslav Gavel mukofotini oldi.