Uning sözlariga köra, Indoneziya BMT tinçlikparvarlik missiyalariga eng katta hissa qöşayotgan davlatlardan biri sifatida «tinçlik himoyaçilarga muhtoj bölgan joyda xizmat qilişda» davom etadi.

«Agar Xavfsizlik kengaşi va uşbu assambleya qaror qilsa, Indoneziya Ğazoda yoki Falastinning boşqa joylarida qöşma köp tomonlama kuçlarning bir qismi sifatida tinçlik örnatişga yordam beriş uçun 20 000 yoki undan ortiq qöşinni yuborişga tayyor, bu ikki davlat yeçimini şunçaki orzu emas, balki haqiqatga aylantiriş uçun kerak», dedi Prabovo.

Uning qöşimça qilişiça, zöravonlik siyosiy mojarolarni hal qiliş vositasi böla olmaydi.

«Zöravonlik heç qanday siyosiy mojaroga javob böla olmaydi, çunki u köproq zöravonlikni keltirib çiqaradi. BMT bu falokatni töxtatiş uçun qat’iy pozitsiyani egallaşi kerak. Aks holda, dunyo çeksiz uruşlar va zöravonlik kuçayib borayotgan xavfli vaziyatga tuşib qoladi», — dedi prezident.

Indoneziya rahbari öz mamlakatining mustamlakaçilik ötmişini esladi. «Biz öz yurtimizda itdan ham qadrsizroq odamlar edik», dedi u Niderlandiya zulmini eslab. U aynan şuning uçun indoneziyaliklar adolatsizlik, aparteid va mahrumlik ostida yaşaş nimani anglatişini bilişini qöşimça qildi.

«Biz mustaqillik uçun kuraşda, oçlik, kasallik va qaşşoqlikni yengişda hamjihatlik nima qilişi mumkinligini ham bilamiz. Bunda BMT kömagi juda muhim», — dedi prezident.

Mahalliy Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, 2023 yil oktyabr oyida Isroil hujumlari boşlanganidan beri Ğazoda 65 300 dan ortiq falastinlik halok bölgan, ularning aksariyati ayollar va bolalardir. Uzluksiz portlaşlar sektorni yaşaş uçun yaroqsiz holga keltirdi, bu oçarçilik va kasalliklarning tarqalişiga olib keldi.