Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qozoğistonda sodir bölgan yöl-transport hodisasi yuzasidan qöşimça ma’lumot berdi.

Bugun, 16 iyul kuni Qozoğistonning Qarağanda oblasti, Şetskiy tumanida “Man” yuk maşinasi va Mercedes-Benz Sprinter yölovçi mikroavtobusi töqnaşişi oqibatida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Örganiş natijalariga köra, Mercedes-Benz Sprinter mikroavtobusi salonida bölgan 18 nafar yölovçidan 8 nafari - Qozoğiston fuqarolari voqea joyida vafot etgan, halok bölgan fuqarolar şaxsiga aniqliklar kiritilganida ular orasida Özbekiston fuqarolari yöq ekani aniqlangan.

Şuningdek, 10 kişi turli darajalarda tan jarohati olgan, ularning 5 nafari Özbekiston fuqarolari bölib, ayni vaqtda ularga Aksu-Ayuli qişloq kasalxonasida malakali tibbiy xizmat körsatilmoqda. Ulardan 1 nafariga ambulator davolaniş uçun ruxsat berilgan.

FVV tomonidan avvalgi berilgan birlamçi şoşilinç xabarda 2 nafar Özbekiston fuqarosi halok bölgani aytilgandi. 

Qozoğiston mas’ul xizmatlari tomonidan mukammal örganilib, fuqarolarning şaxsiga aniqliklar kiritilganda, halok bölganlar orasida Özbekiston fuqarolari yöqligi ma’lum böldi.