Voqeani örgangan organlar “uçastkavoy”ning tanobini tortib qöymagani ham Samarqandda qonunlar işlamayotganidan darak bermoqda.

Kun.uz ixtiyoriga kelib tuşgan videotasvirda “Equinox”ni boşqargan IIB xodimi soniyalar içida bir neçta qoidabuzarlikka yöl qöygani körinib turibdi. Biroq, oqibatda ikkinçi avtomobil - “Vaz 2107” egasi aybdor bölib çiqqan. “Equinox”ning haqiqiy egasi esa tovon pulini inspektor tölab berişini talab qilyapti.

“Vaz 2107” haydovçisi Örol Saidov biz bilan suhbatda öziga nisbatan adolatsizlik bölayotganini bildirdi.
Saidovning aytişiça, u joriy yilning 20 yanvar kuni 9.30 larda “Samarqand-Juma” yönalişida kelayotib, maşinasini çap tomonga burgan. Öşa vaqt kutilmaganda “Equinox” kelib unga urilgan va pastlikka tuşib ketgan. Saidov öşa vaqt çamasi yetmiş metr narida bir neçta avtomobil qizil çiroqda kutib turganini körgan. “Equinox” esa qarama-qarşi harakatlanib, öşa maşinalarni quvib ötgani va katta tezlikda kelgani uçun körmaganini aytmoqda.



YTH sodir bölganidan söng “Equinox”dan “formali yigit” (Past Darğom tumanidagi Manğitobod mahallasi profilaktika inspektori Salohiddin Pardaqulov) tuşgan va aybiga iqror bölgan. Zararni tölab berişini aytgan.
Biroq bir neça kun ötib voqealar butunlay teskari tus olgan. Jinoyat işlari böyiça Toyloq tuman sudida Örol Saidovning aybi bilan YTH sodir etilgan, degan xulosaga kelingan. “Equinox”ga yetkazilgan 62,5 million söm zararni Saidov tölab berişi közda tutilgan. Jinoyat işlari böyiça Samarqand viloyat sudi hukmni özgarişsiz qoldirgan. Profilaktika inspektori bu paytga kelib hamma aybni Saidovning böyniga ağdargan.















