Prezident Şavkat Mirziyoyev poytaxtning Uçtepa tumanida infratuzilma va ijtimoiy soha obektlari faoliyati bilan tanişdi. Ayni paytda davlat rahbari şahar va tuman faollari hamda hukumat rasmiylari iştirokida yiğiliş ötkazmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

“Bugun transport saroyiga bejiz borganim yöq. Toşkentda transport tizimini isloh qiliş hamişa diqqat markazimizda. Şaroitni yaxşilaş, haydovçilar maoşini oşiriş böyiça topşiriqlar berdim. Hozir 370 ta yangi avtobus olib kelişni reja qildik. Men boş vazirga alohida topşiriq berdim, mart oyigaça 1000 ta yangi avtobus olib kelasizlar.

Men biror viloyatga Toşkent şahriçalik imkoniyatlar qilib bermaganman. Demak, poytaxt har jihatdan namuna bölişi şart. E’tibor bering, yangi metro liniyalari qurmaganimizda nima bölardi? Sergeliga yangi yöl qurmaganimizda, tirbandlik qay ahvolga kelardi?” – dedi Şavkat Mirziyoyev.

“Bizning asosiy tösiğimiz – birinçi navbatda korrupsiya, ikkinçisi – byurokratiya, uçinçisi – intilişimiz sustligi. Toşkent şahrida işsizlik bölişi qabul qilib bölmas holat. 60 ta mahallasi bor Uçtepa tumanida ayni paytda beş mingta işsiz bor deyildi. Taqdimotda kelgusi yilda 60 ming iş örni yaratilişini aytdinglar. Demak, bu masala böyiça muammo bölmasligi kerak”, – dedi davlat rahbari yiğilganlarga qarata.

Vazir Jamşid Qöçqorovning tadbirda ma’lum qilişiça, tumanda 2022 yilda 1100 dan ortiq tadbirkorlik sub’yektlari iş boşlagan, 270 dan ortiği faoliyatini töxtatgan. 70 mingdan ortiq aholi şu sub’yektlarda iş bilan ta’minlangan.