Soğliqni saqlaş vazirligi karantin tartib va çeklovlariga qöşimçalar kiritilgani töğrisida ma'lum qildi.
Sönggi kunlarda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallaniş holatlari ortib borayotganligini inobatga olib, Soğliqni saqlaş vazirligining taklifiga binoan, bugungi kunga qadar Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan joriy etilgan tartib va çeklovlarga qöşimçalar kiritildi:
- joriy yilning 28 iyunidan 12 iyuliga qadar Toşkent şahriga qöşni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali öta zarurat bölmagan hollarda kiriş böyiça çeklovlar örnatildi;
- xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamlari bilan birgalikda Toşkent şahri aholisining 18 yoşdan katta bölgan barça qatlamini özlari biriktirilgan oilaviy poliklinikalarda koronavirus infeksiyasiga qarşi Davlat budjeti mablağlari hisobidan ixtiyoriy tarzda ommaviy emlanişi belgilandi;
- joriy yilning 28 iyunidan boşlab respublika böylab köngiloçar obektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter öyinlari markazlari hamda umumiy ovqatlaniş obektlari – kafe, oşxona, çoyxonalarni işlaşiga soat 8:00dan 20:00gaça ruxsat beriladi;
- köngiloçar va umumiy ovqatlaniş obektlarida taşrif buyuruvçilarga uşbu muassasalarning umumiy siğimining 50 foizidan qat'iy oşirmagan holda xizmat körsatiş belgilandi.
Eslatib ötamiz, 24 iyun kuni koronavirusning yangi ştammi – dastlab ötgan yil kuzida Hindistonda qayd etilgan «Delta» ştammi Özbekistonda ham aniqlangani haqida xabar berildi. Bu ştamm avvalgilariga qaraganda tezroq tarqaladi va ölim xavfi ham yuqori hisoblanadi.
SSV statistikasiga köra sönggi bir kunda 476ta yangi kasallaniş holati qayd etildi – bu yil boşidan buyon eng yuqori körsatkiçdir.


















