So‘nggi yetti kun davomida dunyoda koronavirusga chalinishning tasdiqlangan holatlari soni 1,8 millionga ortdi. Iyul oxiridan boshlab haftalik o‘sish kuzatilmoqda. Biroq nisbatan olganda, pandemiya boshlanganidan beri bu tendensiya minimal darajaga tushdi – 7,5 foiz.
Yangi infeksiyaning shartli o‘lim darajasi (yakuniysi pandemiya tugagach aniqlanishi mumkin) minimal darajani yangilab, 3,4 foizgacha tushdi. Ammo mutaxassislar bu ko‘rsatkich kuzda kasallikning avj olishi ortidan yana ko‘tarilishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.
Yetti kun davomida koronavirus sababli o‘tgan haftadagi kabi qariyb 38 ming kishi vafot etdi. Umuman olganda, dunyoda ushbu yangi kasallik bilan bog‘liq 832 ming o‘lim holati qayd etilgan.
Yevropadagi vaziyat
Epidemiyaning tarqalish geografiyasi o‘zgarib bormoqda: g‘arbiy yarim sharda kasallanish kamaymoqda, Sharqda esa aksincha, raqamlar keskin o‘sib bormoqda. Fransiya va Ispaniyada jiddiy holatlar qayd etildi, Angliya, Italiya va Turkiya kabi bir qator davlatlar bahorgi ko‘rsatkichlarga qaytdi.
Fransiyada may oyi oxiridan beri birinchi marotaba 6 mingdan ortiq yangi holatlar qayd etildi. Yetti kun davomida holatlar soni bir hafta oldingi 9,8 foizlik ko‘rsatkichdan 13 foizga oshdi va qariyb 260 mingga yetdi. Ushbu voqealar fonida rasmiylar epidemiyaga qarshi choralarni kuchaytirishmoqda. Masalan, endilikda Parijda niqob taqib yurish tartibi nafaqat ma'lum joylarda, balki butun shahar bo‘ylab amal qiladi.
Ispaniyada xuddi aprelda bo‘lgani kabi har kuni bir xil miqdorda, ya'ni taxminan 3 ming 800ta yangi holat qayd etilmoqda. Bu hafta virusga chalinganlar soni 6 foizga ortib, qariyb 430 mingga yetdi.
Germaniyada 241 mingta, Italiya va Turkiyada 264 mingtaga yaqin, Buyuk Britaniyada 332 mingta holat qayd etilgani holda, har kuni mingdan ortiq holatlar aniqlanishi bois ko‘rsatkichlar aprel-may oylaridagi kabi ko‘rinish oldi. Yuqtirishning eng yuqori darajasi















