Özbekiston xalqaro moliya taşkilotlarining imtiyozli qarzlarini qisqa muddatlarda jalb qiliş böyiça heç qanday muammo bölmaydi. Bu haqda Özbekiston moliya vaziri Timur Işmetov “Özbekiston” telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Işmetovning sözlariga köra, xalqaro moliya taşkilotlari rivojlanayotgan davlatlarni qöllab-quvvatlaş uçun mablağlar ajratadi. Bu mablağlar işlab çiqariş, bandlikni ta'minlaş, aholi farovonligini yaxşilaşga qaratilgan siyosatni qöllab-quvvatlaşga yönaltiriladi.
“Özbekistonda sönggi uç yil davomida amalga oşirilayotgan beqiyos islohotlarning natijalarini butun dunyo körib turibdi. Xalqaro moliya institutlari mazkur islohotlarni takror-takror e'tirof etib kelmoqda. Bu islohotlar ana şu mablağlarning tezkorlik bilan jalb qilinişiga zamin yaratgan.
Ayni kunlarda dastlabki muloqotni boşladik. Xalqaro moliya taşkilotlari vakillaridan biri Özbekiston prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumşatiş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonini şu kungaça dunyo mamlakatlari tomonidan qabul qilingan çora-tadbirlar orasida eng mukammali deb e'tirof etdi. Ularni ayniqsa farmonning ijtimoiy himoyaga yönaltirilgan qismi hayratga soldi. Xalqaro moliya taşkiloti vakillarining ta'kidlaşiça, ular bu farmonni qisqa muddatda, 4-6 hafta içida ajratilişi közda tutilgan mablağning berilişiga kafolat deb hisoblaşmoqda”, dedi moliya vaziri.
Eslatib ötamiz, 20 mart kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumşatiş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi farmonni imzoladi.
Hujjatga köra, 2020 yilda budjetni qöllab-quvvatlaş uçun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va boşqa manbalar hisobidan 1 mlrd AQŞ dollari miqdorigaça taşqi qarz mablağlarini jalb qiliş çoralari köriladi.













