Kun.uz muxbiri viloyat böylab YPX postlarining kamida yettitasi örnatilganiga şaxsan özi guvoh bölgan. Naşr muştariylarining ma’lum qilişiça, hozirda muvaqqat postdagi beton tösiqlar va taqiqlovçi belgilar olib taşlangan.

Öquvçilar yuqorida tasvirlangan Denov tumanidagi Xayrobod aholi punktida örnatilgan postdan fotosurat ham jönatgan.

Jurnalist Qobil Xidirov özining Davletov.uz Telegram kanalida tumanlar örtasidagi nazorat postlarining tugatilişi prezidentning siyosiy qarori bölganiga urğu bergan edi.
«Bu eskiça işlaşga, odamlarni kuçişlatarlar bölar-bölmasga qiynaşiga, bir davlat içida xalqning emin-erkin harakatlanişiga tösiqlarni bartaraf etişga qaratilgan siyosiy iroda edi. Hatto bu yangilangan konstitutsiya ruhiga ham ziddir», — deb yozgan Davletov.uz.
Yevropada hatto davlatlar örtasida çegaralarni heç qanaqa tösiqsiz kesib ötiş mumkin bölgan bir şaroitda Surxondaryoda nazorat punktlarini hayotga qaytarayotgani prezidentning siyosiy qaroriga qarşi qadam taşlaşi, deb baholanişi kerak deb ta’kidlagandi jurnalist.
«Na ğalla, na paxta bunga asos böla oladi. Minbarlarda aytilayotganidek paxta, ğalla allaqaçon hokimiyatlar qaramoğidan çiqarilgan. Kun issiqligi, avariyalar köpaygani haqidagi vajlar ham asossiz, özboşimça va feodalça yondaşuvdan boşqa narsa emas», — deya xulosa qilgan Davletov.uz.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 maydagi «Özbekiston Respublikasi yöl xavfsizligini ta’minlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 377-sonli qarori bilan tugatiladigan va faoliyatni davom ettiradigan yöl-patrul xizmatining statsionar postlari va patrul post xizmati postlari röyxati tasdiqlangan edi.










