Har bir, ma'lum siyosiy va iqtisodiy qudratga ega bölgan davlat özining xalqaro örnini yuqorilatişga urinadi — siyosiy va iqtisodiy nufuzini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiradi. Bunga tabiiy hol ölaroq qaramoq lozim. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) tuzilgan paytda ham bu kabi maqsadlar közlanganiga şubha yöq — mintaqaning eng qudratli davlati — Rossiya Federatsiyasi mintaqa davlatlari, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasida öz manfaatlarini «yurğiziş»ni maqsad qilganiga heç bir siyosiy yoxud iqtisodiy tahlilçi şubha qilmaydi.

Xöş, biz YeOIIga kirişimiz kerakmi? Unga a'zolik bizga nima beradi va biz nimani yöqotamiz? Bu savollar ustida biroz fikr yuritamiz.

I. Qisqaça kiriş

YeOIIga a'zolik masalasi ilk bor prezidentimizning Senat majlisidagi nutqida yangradi. Şundan keyin taniqli iqtisodçi mutaxassislar masalaga doir öz fikrlarini aytişdi. Endilikda huquqşunoslarning ham fikr bildiriş payti keldi, deb öylayman. Çunki YeOII avvalambor qonun-qoidalarga asoslangan, Yevropa ittifoqining taşkiliy şaklini ma'lum darajada öziga örnak olgan taşkilot bölib, unga a'zo böliş huquq va majburiyatlarni taqozo qiladi.

YeOII haqida qisqaça ma'lumot beradigan bölsak, Rossiya, Belarus, Qozoğiston 2011 yildan bojxona ittifoqi, 2015 yildan boşlab esa iqtisodiy ittifoqni taşkil etişgan. Unga 2015 yilda Qirğiziston va Armaniston davlatlari a'zo bölib kirgan. Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasi markazida mahsulotlar, xizmatlar, kapital va mehnat kuçi uçun yagona bozorni taşkil etiş yotadi. Taşkilotning nizolarni hal etuvçi alohida sudi, Yevroosiyo taraqqiyot banki, şuningdek, Barqarorlik va rivojlaniş jamğarmasi mavjud.

Hozirda Özbekiston ikki frontda erkin savdo borasida jadal muzokaralar yuritmoqda: Jahon savdo taşkilotiga a'zolik va Yevropa ittifoqi bilan kengaytirilgan bitim tuziş masalalari.

Prezident bergan işorasidan biz uçun Yevropa ittifoqi va Jahon savdo taşkiloti bilan muzokaralar tugaganidan söng eng muhim masala bu — eng avvalo MDH davlatlari bozoriga kiriş ekanligini taxmin qilsak böladi. Eng kamida, men şunday tuşundim.

II. YeOIIga a'zo bölişning foydalari

Katta bozor. Avvalambor, YeOIIga a'zolik biz uçun 182 milliondan oşiqroq inson istiqomat qiluvçi, qiymati esa 1 trillion 587 milliard AQŞ dollariga teng bozorga kiriş imkonini beradi. Özbekiston bu bozorga özining nisbatan arzon mahsulotlarini eksport qilib, katta miqyosda foyda körişi mumkin.