2022 yilda “snos”lar uchun kompensatsiyaga budjetdan 500 mlrd so‘m ajratiladi
Kelasi yilda jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun hukumat zaxira jamg‘armasi mablag‘larining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda (500 mlrd so‘m) mablag‘ ajratish reja qilingan.

Foto: Kun.uz
2022 yilda davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash (kompensatsiya) uchun davlat budjetidan 500 mlrd so‘m ajratish rejalashtirilgan. Bu haqda Moliya vazirligi e'lon qilgan 2022 yil uchun budjetnomada keltirilgan.
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armasiga 2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasi mablag‘larining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda, ya'ni respublika budjetidan 500 mlrd so‘m mablag‘ ajratish rejalashtirilgan.
Jamg‘arma o‘z faoliyatini to‘liqligicha Davlat budjetidan ajratiladigan transfertlar hisobidan amalga oshirilishini inobatga olgan holda jamg‘armaning kelgusi yilgi xarajatlari ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshirilishi prognoz qilinmoqda”, deyiladi manbada.
Ma'lumot uchun, 2021 yilda "snos"dan ko‘rilgan zararlarni qoplashga davlat budjetidan 273 mlrd so‘m yo‘naltirilgan. 2020 yilda esa ushbu yo‘nalishdagi xarajatlar uchun 216 mlrd so‘m ajratilgandi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 01:11
-
Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot
Jamiyat | 00:46
-
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 00:20
-
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Jahon | 23:40 / 31.03.2025
Mavzuga oid

11:30 / 12.03.2025
Yaponiyada davlat xizmatchilari ishga besh daqiqa oldin kelishga majburlangani uchun 67 ming dollar kompensatsiya oldi

11:49 / 01.03.2025
GM Onix modelidagi kamchilik uchun katta miqdorda kompensatsiya to‘lashi mumkin

16:47 / 12.12.2024
Tadbirkor foydasiga hokimlikdan 1,5 milliard so‘m kompensatsiya undirildi

17:12 / 07.12.2024