Bu haqda Odam savdosi va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş milliy komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Komissiyaning navbatdagi majlisida qayd etilişiça, çaqaloq savdosi jinoyatlari 2019 yilda Sirdaryo, Xorazm viloyatida 5tadan, Toşkent, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Toşkent şahrida 4tadan, Samarqand, Farğona, Namangan, Andijon, Navoiy viloyatlarida 3tadan sodir etilgan.
«Çaqaloqni sotiş sabablari örganilganda 19ta holatda oilaviy şaroitning oğirligi, bolani boqişga imkon yöqligi, 3ta holatda uy-joy oliş, 9ta holatda öz aybini yaşiriş va 10ta holatda moddiy manfaaat uçun uçun bunga qöl urilgani ma'lum bölmoqda.
Açinarlisi, çaqaloq savdosi jinoyatida iştirok etgan şaxslarning 10 nafarini yoki jami vositaçilarning 32 foizini tibbiyot sohasi vakillari taşkil etadi.
Çaqaloq savdosida faqatgina ayol yoki faqatgina bitta şaxs aybdor emas. Unga şaroit yaratib berayotgan, şu narsaga undayotgan muhit ham borligi ma'lum bölyapti. Bunday holat özbek jamiyati uçun mutlaqo xos emas. Şu bois bu masalaga boşqaça yondaşişimiz kerak», – dedi Norboyeva.

Ma'lum bölişiça, 2019 yilda çaqaloq savdosi bilan boğliq jinoyatlar 72 nafar şaxs tomonidan sodir etilgan bölib, şundan 62 nafari, ya'ni 86 foizini ayollar taşkil qiladi.
Tanzila Norboyeva çaqaloq savdosi bilan boğliq holatlar avvaldan mavjud muammo ekanini ta'kidladi.
«Ilgari ham çaqaloq savdosi böyiça holatlar bölgan. Bu Özbekistonda birdaniga paydo böldi, birdaniga köpayib ketdi, deb öylaş notöğri. Oldinlari bu holatlar bundan ham köp bölgan. Ammo ilgari bu yopiq mavzu bölgani uçun oçiq aytilmasdi», dedi u.
Özbekistonda çaqaloqlar savdosiga olib kelayotgan asosiy omil ma'lum qilindi












