Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Britaniyaning Skripal ishi bo‘yicha ma'lumotlari haqida: bu bolalar suratlariga o‘xshab ketadi
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Buyuk Britaniyaning GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal zaharlanishi bo‘yicha ish yuzasidan taqdim etgan materiallarini boshlang‘ich sinf o‘quvchilari rasmlari bilan tenglashtirdi. Bu haqda u «Zvezda» telekanali efirida aytib o‘tgan.
«Bu shok, albatta. Bu yosh bolalarning qandaydir rasmlarini eslatmoqda. Bolalarga shunday dars berishadi. Men bu nima ekanini bilmayman. Bu kompyuterni endi o‘zlashtirgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari darajasida qilingan taqdimot bo‘ldi hamda barchasi OAV va bosh vazir Tereza Mey tomonidan aytilgan so‘zlarga asoslangan», - deya ma'lum qildi Zaxarova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, e'lon qilingan hujjatlar «bir biriga aloqador emas bo‘lib ko‘rinmoqda».
«Hammasi bo‘lib olti sahifa, shunisi muhimki, ulardan bir sahifasi – bu taqdimotning nomi. Agarda qandaydir ma'lumot bo‘lgan sahifalar haqida gapirilsa, ular atigi beshta edi. Faqat bu besh sahifa matn emas, balki suratlardir», - deya ta'kidlab o‘tdi Zaxarova.
Mavzuga oid
17:26
Britaniyada o‘n yil ichida yettinchi bosh vazir almashmoqda. Qirollikni kimdir o‘nglay oladimi?
16:29
Sverdlovsk oblastida quyun hodisasi kuzatildi – fotolar
10:30
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55