Özbekistonda quyoş energiyasidan foydalaniş uçun öta qulay iqlim şaroiti mavjud. Öta qulay geografik joylaşuv jihatdan yilning 85–87 foiz kunlarida quyoşli osmon böladi.

Qayta tiklanuvçi energiya manbalarini qöşib hisoblaganda bu borada Özbekistonning energetik salohiyati 98,5 foizni taşkil etadi. Aynan mana şu energiyadan töğri va unumli foydalanilsa, aholining ijtimoiy şaroitini yanada yaxşilaş mumkin.

Quyoş energiyasidan foydalanişni ommalaştiriş maqsadida Özbekiston innovatsion rivojlaniş vazirligi, Milliy energotejaş kompaniyasi, Quyoş energiyasi xalqaro instituti va muqobil energetika klubi hamkorlikda «Özbekistonda quyoş energiyasidan foydalaniş va uni rivojlantirişda innovatsion yondaşuv: Muammolar va ularni yeçiş yöllari» mavzusida davra suhbatini ötkazdi, deb xabar beradi Kun.uz’ga vazirlik matbuot xizmati. 

Uçraşuv davomida mutaxassislar tomonidan quyoş energiyasi uskunalarini respublikamizga keng joriy etiş, aholi va tadbirkorlarni bunga jalb etişning maqbul tarif turlari, yaşil tarif — xususan, mavjud an'anaviy issiqlik elektrostansiyalar hududida sinov tariqasida quyoş stansiyalarga asos soliş masalalari muhokama qilindi.

Davra suhbati yakunida Özbekistonda quyoş energiyasini rivojlantirişning muhim yönalişlarini belgilandi. Tez orada dastlabki quyoş stansiyalari qaysi manzillarda joriy etilişi ma'lum qilinadi.