Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar kengashiga qo‘shiladi
O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga (Turkiy kengash) a'zo bo‘lishga qaror qildi, deb ma'lum qildi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kengash muntazam ravishda kengayib bormoqda va tashkilotning navbatdagi sammiti 16 oktyabrda bo‘lib o‘tadi.
Chovusho‘g‘luning aytishicha, rasmiy a'zolikka kirish jarayoni tez orada yakunlanadi.
«Shuningdek, Ashxobod kuzatuvchi davlat sifatida Kengashga kirishga tayyorligini bildirdi», - dedi u.
Turkiya tashqi ishlar vazirining eslatishicha, o‘tgan yili Issiqko‘lda bo‘lib o‘tgan sammitda Vengriya Kengashda kuzatuvchi davlat maqomini olgan.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi turk dunyosi mamlakatlari muloqoti va hamkorligini rivojlantirish uchun tashkil etilgan xalqaro platformadir.
Tashkilotga 2009 yil oktyabrda asos solingan.
Mavzuga oid
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026
O‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
11:48 / 16.04.2026