Urganch tumani hokimi o‘rinbosari 43 ming dollar pora bilan ushlandi
Xorazm viloyati, Urganch tumani hokimi o‘rinbosari o‘z xonadonida katta miqdorda pora olayotganida ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, viloyat «Chorvanasl» markazi Urganch tumani bo‘limi yetakchi mutaxassisi T.M. fermer xo‘jaligiga tegishli 50 gektar yer maydonini hokimlik zaxirasiga qaytarib olib, keyinchalik uning nomiga yangi fermer xo‘jaligi tashkil etib, yer maydonini qayta rasmiylashtirib berish evaziga 80 ming dollar talab qilib, shundan 60 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
T.M. ko‘rsatmasiga asosan davom ettirilgan tadbirda, Urganch tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari R.A. fermer xo‘jaligi tashkil etish va yer maydoni ajratib berish masalasini hal qilish evaziga o‘z xonadonida undan 43 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:08
Xorazmda yangi quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi
17:20 / 17.12.2024
Xitoyda katta miqdorda pora olishda ayblangan partiya mulozimi qatl etildi
07:49 / 16.12.2024
6 kgdan ortiq giyohvandlik vositalarini saqlayotgan shaxslar aniqlandi
12:00 / 11.12.2024