Özbekiston ilk bor Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti sammitiga mezbonlik qilmoqda. Taşkilotning 16-sammitida 9 ta davlat va hukumat rahbarlari iştirok etmoqda.
Progressiv islohotlar markazi eksperti Ozod Tanbayevning sözlariga köra, bu taşkilot doirasida transport-kommunikatsiya yönalişi ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
“Ma’lumki, Transafğon temiryöli loyihasini amalga oşiruvçi davlatlar – Özbekiston, Afğoniston va Pokiston bu taşkilotga a’zo. Özbekiston uşbu taşkilotdan platforma sifatida foydalanib loyihani muvaffaqiyatli yakunlaşi mumkin”, – deydi Tanbayev.
Uning sözlariga köra, IHTga a’zo davlatlar örtasidagi asosiy muammo juda qimmat yuk taşiş xizmatlari hisoblanadi.
“Har bir davlatning alohida [yuk taşiş] tariflari bor, bu esa yuk taşuvçi, logistik firmalarga qiyinçiliklar tuğdirmoqda. A’zo davlatlar kelişgan holda standart bir xil qiymatli tariflarni joriy qilsa, yuk taşişni kengaytiriş uçun logistik jihatdan qulay şaroitlar yaratilsa, asosiy muammo yeçiladi”, – deydi ekspert.
Ozod Tanbayev Özbekiston taşkilot doirasidagi davlatlar bilan qöşni yoki yon qöşni davlatlar bölsa ham, özaro savdo aloqalari nisbatan juda pastligini ta’kidladi.
“Sammitda Özbekiston uşbu muammolarni yeçiş imkoniyatiga ega bölişi mumkin deb umid qilaman”, – deydi u.
Avvalroq, Özbekistonning Erondagi elçisi Bahodir Abdullayev taşkilot doirasida juda köp transport tranzit koridorlari şakllangani va taşkilot koridorlari sifatida tavsiflanişi haqida gapirgandi. U bunda Termiz-Mozori Şarif – Kobul – Peşovar temiryöli ham dolzarb ekanini aytgan edi.
Ma’lumot uçun, Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti a’zo mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy, fan va texnikaviy hamkorligi böyiça taşkil etilgan xalqaro mintaqaviy taşkilot bölib, unga 1985 yilda asos solingan. Özbekiston unga 1992 yilda a’zo bölgan.
Taşkilotga Markaziy Osiyoning beşta davlati, Turkiya, Ozarboyjon, Afğoniston, Eron va Pokiston a’zo.












