Qölyozma asarlarning saqlanişi, restavratsiyasi va örganilişi qay ahvolda? – Qölyozmalar fondiga videosayohat
|19:33 / 08.01.202040 04310 min
Diyorimiz azaldan ilm-ma'rifat öçoği bölib kelgan. Bu yurtdan ne-ne alloma zotlar yetişib çiqmagan deysiz. Ular qoldirgan ulkan ilmiy meros garçi turli bosqinlar davrida nobud qilingan, olib ketilgan bölsa-da, bizning davrimizgaça yetib kelganlarining adadi, hisobga olinganlari ham kişini hayratga soladi.
Kun.uz şunday ma'naviy merosimiz saqlanayotgan ilmiy dargoh – ÖzFA Şarqşunoslik instituti Qölyozma asarlar fondiga videosayohat uyuştirdi.
«Dastlab bu yerda madrasalarni bitirgan domlalar işlagan»
ÖzFA Şarqşunoslik instituti ilmiy işlar böyiça direktor muovini Surayyo Karimova fondning tarixi, buguni, asosiy yönalişlari haqida sözlab berdi.
«Şarqşunoslik institutining qölyozmalar fondi 1943 yilda, öşa paytdagi xalq kutubxonasi (hozirgi Milliy kutubxona)ning Şarq bölimi asosida taşkil etilgan. Şundan boşlab bu fondda qölyozma manbalarni örganiş işlari boşlangan.
Bu yerda dastlabki iş qölyozmalarni tavsiflab, kartotekalar tuziş bölgan. Dastlabki paytda bu joyda madrasalarni bitirgan domlalar işlagan, ular arab va fors tillarini puxta bilgan ilmli kişilar hisoblangan. Öşa davrda tuzilgan kartotekalardan hozirga qadar foydalanib kelinmoqda.
Dastlabki tavsifdan ötgan qölyozmalar keyingi bosqiçda ilmiy tavsiflangan. Bu annotatsiya xarakterida bölib, köproq ma'lumot berilgan. Keyinçalik mavzu kataloglari tayyorlana boşlangan va bu ilmiy tadqiqotçilarga yengillik beradi.
Şuningdek, qölyozma asarlarni ilmiy muomalaga kiritişning asosiy yönalişlaridan biri ilmiy izohli tarjima va tabdil hisoblanadi. Tabdil deganda arab grafikasidagi eski özbek yozuvidan kirill yozuviga ögirib naşr qiliş tuşuniladi.
Endi bevosita tarjima qilib ilmiy muomalaga kiritişga keladigan bölsak. Bu jarayon nihoyatda maşaqqatli iş sanaladi. Masalan, bitta manbani tarjima qilib, izohlab, tadqiqot qism yozib naşr qilişga uç yil vaqt ketadi. Şunga qaramay, har yili 10dan ziyod turli mavzudagi asarlar tarjima, tabdil qilinib, ilmiy muomalaga kiritiladi».
Mavzuga oid
«26 ming jild qölyozma, 40 ming jildga yaqin toşbosma, 5 mingdan ziyod tarixiy hujjatlar saqlanadi»
Qölyozma asarlar fondi mudiri Şarifjon Islomov fond faoliyati haqida hikoya qilib berdi.
«Uşbu qölyozmalar fondi özining boyligi, turli fan sohalarining xilma-xilligi böyiça dunyodagi eng boy qölyozma fondlaridan biri hisoblanadi. Şu sababli 2000 yili YuNeSKOning butunjahon madaniy röyxatiga kiritilgan. Va butunjahon merosi sifatida saqlanadi.
Fondimizda 26 ming jild qölyozma, 40 ming jildga yaqin qadimgi toşbosma uslubidagi kitoblar saqlanadi. Bundan taşqari, 5 mingdan ziyod asl nusxadagi tarixiy hujjatlar bor. Şuningdek, mikrofilm va fotoyeopiyalar fondlarimiz ham bor. Bu video va fotolar xorijdagi fondlarda saqlanayotgan kitoblardan olingan.
Bu ulkan meros fanning turli sohalariga oid. Xususan, tabobat, kimyo, matematika, tarix, islom ilmlari — ajdodlarimiz şuğullangan barça fan sohalariga doir manbalar örin olgan. Qölyozma manbalar IX asrdan boşlab XX asrgaça bölgan davrga oid bölib, arab, fors, qadimgi turkiy va boşqa şarq tillarida yozilgan», – deya ma'lumot berdi fond mudiri.
Fond öz içida bir neça yönalişlarda faoliyat olib boradi. Şarifjon Islomov nodir qölyozmalarni saqlaş, zararlangan sahifalarning restavratsiya jarayonlari, şuningdek, qölyozma va toşbosma asarlarning fotomodellari yaratilişi jarayoni va qiroatxona bilan ham yaqindan taniştirdi.
«Qölyozma manbani saqlaşning öziga xos talablari mavjud va xalqaro normalari ham bor. Qölyozmalarning barça qismlari tabiiy aşyodan bölgani uçun maxsus harorat, maxsus yoruğlik va quyoş nurlaridan keladigan ultrafiolet nurlaridan himoyalanişi zarur. Bu manbalarning bizdan keyin yana ming yillar saqlanib turişini ta'minlaydi. Şu bilan birga, sahifalardagi siyohlar, rang-tasvirlarning saqlanib qolişini ta'minlaydi. Mazkur fond bu borada dunyo miqyosida barça talablarga javob beradi, desam böladi.
Manbalarni saqlaş deganda, bir qança bölimlar nazarda tutiladi. Yuqorida aytilgani – bevosita saqlov bölimi. Keyingi bölim ularni ta'mirlaş: qölyozmalardan foydalaniş jarayonida tabiiy ravişda manbalar zararlanadi. Şuningdek, fond ixtiyoriga ötgunga qadar turli ob-havo şaroitlarida saqlangan kitoblar zarar topgan bölişi mumkin.
Odamlar orasida bir savol yuradi – noyob qölyozmalar miqdori qança? Umuman olganda, har bir köçirilgan qölyozma öziça noyob, çunki uning takrori yöq.
Bevosita davlat rahbarlari, xonlarga hadya qilinadigan juda katta formatdagi qölyozmalar ham bor. Ular gorizontal holatda saqlanadi. Öz davrida bularning oğirligiga qarab, yozgan odamga haq tölangan», deydi fond mudiri.
«Bizda qölyozma asarlarni restavratsiya qiliş bilan şuğullanadigan maxsus mutaxassislar tayyorlanmaydi»
«Noyob manbalar ta'mirlanadigan restavratsion laboratoriyada barça qölyozmalar, tarixiy hujjatlar va bosma asarlar ta'mirlanadi. Xodimlar – asosan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bitiruvçilari. Lekin u yerda ham qölyozma asarlarni restavratsiya qiluvçi maxsus yönaliş yöq. Şu ma'noda bu yönalişda milliy kadrlarni yetiştiriş dolzarb hisoblanadi.
Hozirça bu borada ustoz-şogird tizimi asosida bakalavr, magistr talabalarini fondga jalb etib, mutaxassis tayyorlab kelmoqdamiz.
Tarixiy hujjatlarni restavratsiya qilişda, avvalo, konservatsiya amaliyotini bajarişadi, ya'ni qoğozni mustahkamlaş işini qilişadi. Keyin qismlarni butlaş uçun maxsus yapon qoğozidan foydalanişadi.
Bu xodimdan katta mas'uliyatni talab etadi, şuning uçun ham tajribaga ega, malakali, sinovlardan ötgan xodimlarga asl nusxadagi manbalar beriladi.
Bizda tarixiy hujjatlarni ta'mirlaş va tadqiqi böyiça maxsus loyiha bor. Unda qölyozmalar fondidagi 5 mingga yaqin tarixiy manbalar röyxatini qilib, ularning zararlangan qismlarini örganib çiqqanmiz. Hozirda bu borada işlar davom etmoqda. Bir manbani ta'mirlaş uçun 2-3 oydan yarim yil-bir yilgaça vaqt ketişi mumkin», – deydi Şarifjon Islomov.
«Skaner bölimida 20 ta mutaxassis örniga 3 kişi işlamoqda»
«Skaner bölimiga kelgan kitoblar birinçi navbatda registratsiya qilinadi. Fransiyadan aynan qölyozma asarlarning fotonusxalarini yaratiş uçun skanerlar keltirilgan. Agar qölyozma varaqlari qatlari töliq oçilsa, kitobga jiddiy şikast yetişi ehtimoli böladi. Şu bois ularni 120 gradusda oçilgan holatda skaner qiliş xalqaro miqyosda qabul qilingan.
Buning afzalliklaridan yana biri boşqa skanerlar kabi kuçli nur bermaydi, asosan kameralar suratga oladi va programma orqali birlaştirilib, elektron variant tayyorlanadi. Skanerlangan kitoblar serverga yuboriladi, u yerda kitobning asl holatdagisi bilan bir xilda raqamlanadi.
Har bir bölimni, jarayonni öz yeçimini kutayotgan muammolari böladi. Bizda birinçi navbatda kadrlar masalasi turibdi. Şunaqangi noyob manbalarni elektronlaştirişga qiziqişi bor, şu jarayonda işlagan kadrlar bilan töldirişimiz kerak. Bu yerda kamida 20 nafar mutaxassis elektronlaştiriş bilan şuğullanişi zarur. Afsuski, hozirda 3 mutaxassis işlaydi, bu bilan ulkan fondni qisqa muddatda elektron şaklga ötkazişning imkoni yöq.
Oddiy mutaxassis buni eplab ketişi qiyin. Arab, fors tillarini bilişi talab qilinadi. Bunday mutaxassisni işga jalb etiş uçun esa maoş ham şunga yaraşa yuqori bölişi kerak.
500-600 ming söm oylikka işlaydigan mutaxassisning kelişi juda qiyin. Hatto talabalar ham yuqori maoş bölsagina işlaşi mumkinligini aytişadi. Buning uçun esa bizda imkon yöq. Kadrlarni işga olişda mana şunaqa tösiq-qiyinçiliklarga duç kelib turibmiz».
«Kartoteka zali – qölyozma fond kaliti»
«Kartoteka zali qölyozma fondimizning kaliti hisoblanadi. Ya'ni qaysi asar qaysi raqamda saqlanadi, mutaxassis uçun şuni biliş kifoya qiladi. Qiroatxona xodimlari esa olimga öşa qölyozmani olib kelib berişadi.
Şu bilan birga, asosiy qölyozmalar fondining elektron reyestri internet saytimizda ham joylaştirilgan.
Ba'zilar aytişadi, hammasini internetga qöysanglar bölmaydimi, hammaga erkinlik bölsin, degan ma'noda. Bu tajriba dunyoning biror-bir fondida yöq. Çunki bu – öşa davlatning mulki. Hamma ham birinçi örinda özida şu jarayonni qilişni xohlaydi. Aksinça, bularning hammasini naşr qilib, undan keyin bersak böladi. Naşr qilinmaganlarini özimizning kadrlar örganişini, tanqidiy matnlar yaratişini istaymiz. Dunyoning barça fondlari mana şu pozitsiyadan turib yondaşişadi».
«Qölyozma kitoblarni sotib oliş 3 mln sömdan boşlanadi»
«Ma'lumki, aholi qölida juda katta miqdorda noyob qölyozmalar, bosma naşrlar saqlanadi. Guvohi bölyapmizki, tarixiy hujjatlar, xonlarning yorliqlari ham çiqyapti.
Xalq qölida saqlanayotgan mana şu qölyozmalarni sotib oliş işlari bilan ham şuğullanamiz. Tölovlarni Innovatsion rivojlaniş vazirligi amalga oşiradi. Biz manbalarni ekspertizadan ötkazamiz. Respublika miqyosida tayinlangan baholaş komissiyasi tomonidan kitoblarning qiymatlari baholanadi.
Aholidan imkon qadar yuqori qiymatlarda sotib olişga harakat qilamiz. Qölyozma uçun eng kam iş haqining 15 baravari boşlanğiç narx sifatida beriladi. Qölyozmaning köçirilgan davri, bezagi, ilmiy ahamiyatiga qarab uning narxi oşib boraveradi», – deya ma'lumot berdi Qölyozma asarlar fondi mudiri Şarifjon Islomov.
Yigitali Mahmudov va
Muhammadjon Ğaniyev tayyorladi