Kun.uz saytida 7 sentabr kuni «Oqdaryo tumanida davlat xizmatçilari iş joyida piçoqlab ketildi» sarlavhali suriştiruv e'lon qilingandi.
Unda Oqdaryo tuman hokimiyatining qişloq xöjalik bölimiga tegişli binoda bir kişi uç kişiga piçoq bilan turli darajadagi jarohat yetkazgani xabar qilingan.
8 sentabr kuni soat 12:40da saytda Samarqand viloyat IIBning bu voqea yuzasidan rasmiy bayonoti e'lon qilindi. Bu bayonotda voqealar «Agrobank» binosida sodir bölgani aytilgan, ammo aslida voqea tuman hokimligining qişloq xöjalik bölimiga tegişli binoda sodir bölgan.
Şu sabab «Agrobank» Samarqand viloyat boşqarmasi Kun.uz saytiga rasmiy bayonot bilan murojaat qildi.
«...siz tomoningizdan 2019 yil 8 sentabr kuni soat 12:40da internet tarmoğiga joylaştirilgan viloyat IIB rasmiy bayonotida uşbu hodisalar «Agrobank»ning Oqdaryo filialida sodir bölgan deb yozilgan. Vaholanki, uşbu voqea Oqdaryo tumanining qişloq va suv xöjaligi bölimiga qaraşli binoda sodir bölgan.
Uşbu notöğri ma'lumot «Agrobank» imijiga salbiy ta'sir körsatişini inobatga olib, hamda mijozlar bankka işonçini yöqotmasligi uçun voqea hodisalarni qaytadan töğri yoritilişini söraymiz», — deyiladi bayonotda.
Samarqand viloyat IIB rasmiy bayonotida, şuningdek, hujum qilgan şaxs binoda faoliyat yuritayotgan IIB xodimi tomonidan qölga olingani aytiladi, ammo voqea guvohlarining aytişlariça, ular IIB xodimini boşqa yerdan çaqirib kelişgan.












