Ahmadboy: «Odamlar xudodan qo‘rqsin. Ular pulni o‘z xohishi bilan olib kelgan, hech kim majburlamagan»

Jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudida sudlanuvchilar Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud o‘z yakuniga yetgani xabar qilingandi.
Sudlanuvchi Ahmadjon Tursunboyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishda nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.
Qalampir.uz saytida Ahmadjon Tursunboyevning intervyusi keltirildi.
«Men sud hukmidan norozi emasman. Bir narsani iltimos qilaman: fuqarolar pulni o‘z xohishi bilan olib kelgan, ularni hech kim majburlamagan. Fuqarolar xudodan qo‘rqsin, 10 ming pulini 20 ming, 25 ming qilib olgan. Yo‘q narsani, uyimni sotdim, joyimni sotdim, deb tuhmat qilmasin. Xudodan qo‘rqsin.
Men o‘zim uchun to‘g‘ri ishlaganman, fuqarolarni aldamaganman. Fuqarolar o‘z xohishi bilan pul olib kelgan. Fuqarolar ko‘payganidan keyin qonuniy qilib firma ochishga majbur bo‘lganman. Men birovni aldab, pulini olmaganman. O‘z xohishi bilan bergan. Qaysi odam shunchaki 10 ming dollarini 20 ming dollar qilib oladi, bankka borsa, bank buni hech qachon qilib bermaydi. Bank bir yilda 10 ming dollarni 12 ming qilib beradi. Hech kim ularni majburlamagan, o‘z xohishi bilan olib kelgan. Maqsadi pulini pul qilib olish bo‘lgan.
Men muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovichdan uzr so‘rayman, ham yordam so‘rayman. Prezidentimiz afv etsalar, chorva, parrandachilik qilaman. Xalqqa foydam tegsin, oldin ham foydam tekkan. Kambag‘alni boy qilganman», - deydi u.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

23:45 / 12.02.2020
Ahmadjon Tursunboyev – eng katta xatosi, kelgusi rejalari va artistlar bilan munosabati haqida

15:41 / 12.02.2020
«Ahmadboy ishi» bo‘yicha to‘rtinchi ochiq sud hukmi e'lon qilindi

18:23 / 28.01.2020
«Ahmadboy»dan jabrlanganlarning pullarini qisman qaytarish boshlandi

14:07 / 10.01.2020