Kun.uz manbasiga köra, marhum san’atkor qand kasalidan davolanib kelgan, ikki hafta avval koma holatiga tuşgan.
Murod Rajabov 1949 yil 30 mayda Toşkent şahrida tuğilgan. 1971 yilda Ostrovskiy nomidagi Toşkent teatr-rassomçilik institutini tamomlagan.
Faoliyati davomida önlab kino va spektallarda rollar ijro etgan aktyor ayniqsa “Temir xotin”, “Kiçkina tabib”, “Ajoyib xayolparast”, “Ulfatlar” va boşqa qator filmlardagi rollari bilan özbek kino san’atining yorqin yulduzlaridan biriga aylandi.
Murod Rajabov 2015 yildan buyon kinoda rol ijro etmayotgan edi. Joriy yil boşida u oğir dard bilan kuraşayotgani ma’lum bölgandi. Bu xabardan keyin Kun.uz muxbiri otaxon san’atkorning xonadonida mehmon bölib, undan katta intervyu olgan edi.
Tahririyat marhumning yaqinlariga çuqur ta’ziya izhor qiladi.

















