Bog‘dodlik o‘qituvchi MDHning eng yaxshi yosh olimi bo‘ldi

Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanilik Ravshanjon Abdullayev Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining eng yaxshi yosh olimi bo‘ldi, deya xabar bermoqda Bog‘dod tumani hokimligi axborot xizmati.
Ta'kidlanishicha, yosh olim Abdullayev Ravshanjon Inomjon o‘g‘li Bog‘dod tumanidagi 8-sonli umumta'lim maktabida tarix fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat olib boradi. U Qozog‘iston Respublikasining Nursulton shahrida o‘tkazilgan "Yilning eng yaxshi yosh olimi - 2021" xalqaro tanlovida mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 14 ta mamlakat tarixchilari orasida tarix fani yo‘nalishida birinchi o‘rinni egallagan Ravshanjon Abdullayevga birinchi darajali diplom va oltin medal topshirilgan.
Ma'lumot uchun, R.Abdullayev hozirda Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2 bosqich magistranti hisoblanadi. Uning ikkita o‘quv qo‘llanmasi chop etilgan. 50 dan ortiq maqolalari xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlari nashrlarida yoritilgan.
Avvalroq, viloyatda o‘tayotgan «Onalarga ehtirom» festivali doirasida bog‘dodlik aka-ukalar onasiga yangi xonadon sovg‘a qilishganligi xaqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qorabog‘ sobiq bosh vaziri Vardanyan ochlikni to‘xtatdi. U 23 kun davom etdi
Jahon | 19:15
-
Tramp prezidentligi davrida 30 mingdan ortiq migrant hibsga olindi
Jahon | 19:11
-
Firibgarlar odamlarni aldash uchun sun’iy intellektni qanday qo‘llashadi?
Jamiyat | 19:00
-
Ilon Maskning sa’y-harakatlari AQSh federal xarajatlarini qisqartira olmadi
Jahon | 18:20
Mavzuga oid

19:28 / 22.07.2024
“Turar joylar sud boshqaruvchisi tomonidan sotuvga chiqarilgan” – Universal bank Farg‘onadagi “dom” mojarosiga munosabat bildirdi

12:00 / 18.07.2024
Toshkentdagi “Azia invest” mojarosi Farg‘onada takrorlanyapti. Fuqarolar hukumatdan najot kutmoqda

11:22 / 01.06.2024
Sharof Rashidovning asl suratlaridan tarixiy tangalargacha bor – payvandchi kolleksioner

15:40 / 01.04.2024