Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar 1 sentabrdan Qirg‘izistonga ID-karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Qo‘shnilar o‘rtasida erishilgan yangi kelishuvga ko‘ra, endilikda ikki davlat fuqarolari O‘zbekiston va Qirg‘iziston hududiga kirish, undan chiqish, tranzit o‘tish, harakatlanish va unda bo‘lib turish uchun – identifikatsiya ID kartasidan foydalanishi mumkin.
2023 yil 25 avgustdan O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqida Bayonnoma kuchga kirdi. Ushbu bayonnoma 2023 yil 27 yanvar kuni Bishkek shahrida imzolangan edi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, ikki davlat hududiga kirish, undan chiqish, tranzit o‘tish, harakatlanish va unda bo‘lib turish uchun identifikatsiya ID-kartasidan amalda foydalanish – o‘zaro kelishuvga ko‘ra, 2023 yil 1 sentabr soat 00:00dan boshlab yo‘lga qo‘yiladi.
“Bayonnoma bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, ikki davlat fuqarolari uchun Davlat chegarasini kesib o‘tishning soddalashtirilgan yagona tartibi joriy etildi. Jumladan, bundan buyon O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari 60 kungacha identifikatsiya ID-kartasi bilan ikki davlat hududlariga kirishlari, harakatlanishlari va unda bo‘lib turishlari mumkin”, — deyiladi TIV bayonotida.
Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasporti bilan ham Qirg‘izistonga kirish, undan chiqish va tranzit orqali boshqa davlatlarga o‘tishlari mumkin.
Mavzuga oid
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
07:40 / 07.05.2026
Qirg‘iz-tojik-o‘zbek chegarasidagi «Do‘stlik» xalqaro savdo-iqtisodiy parki konsepsiyasi taqdim etildi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
18:24 / 29.04.2026