Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengaşi a'zosi etib saylandi. 

Korporativ axborot yagona portalida xabar qilinişiça, Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri Şavkat Samatov «Olmaliq KMK» AJ kuzatuv kengaşi a'zolari tarkibidan çiqarilgan.

«Olmaliq KMK» AJ kuzatuv kengaşi a'zolari orasida moliya vaziri Timur Işmetov, iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri örinbosari Olimxon Rustamov, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori Sunnatilla Bekenov, SFI Management Group kuzatuv kengaşi a'zosi Qobul Şodiyev, SFI Management Group kuzatuv kengaşi a'zosi Qodir Hasanov, SFI Management Group boş direktori Uluğbek Muhammedov, SFI Management Group moliyaviy direktori Azamat Şamsiyev. SFI Management Group yuridik masalalar böyiça direktori Mels Ahmedov ham qayd etilgan.