Reyting 34-marta e'lon qilinmoqda.

Bezos bir yil içida 18 mlrd dollarga “kambağallaşgan” bölsa-da, röyxatda 12 ta raqamli boylikka ega yagona odam hisoblanadi. Fevraldan beri unga qaraşli Amazon kompaniyasi aksiyalari AQŞ fond birjasi bilan birga 20 foizga qulagan. Hozirda uning aktivlari 113 mlrd dollarga baholanmoqda. 

Reytingning 2-örnini 2019 yildagi kabi Microsoft asosçisi Bill Geyts 98 mlrd dollarlik boylik bilan egallamoqda. 3-örinni LVMH kompaniyalar guruhi egasi Bernar Arno va uning oilasi egallamoqda. Fransuz tadbirkorining boyligi hozirda 76 mlrd dollarga baholanmoqda. 

Yetakçi öntalikdan, şuningdek, amerikalik sarmoyaçi Uorren Baffet (67,5 mlrd dollar), Oracle dasturiy ta'minot kompaniyasi asosçisi Larri Ellison (59 mlrd dollar), Inditex kompaniyasi egasi Amansio Ortega (55,1 mlrd dollar), Facebook asosçisi va boş direktori Mark Tsukerberg (54,7 mlrd dollar), Walmart kompaniyasi aksiyadori Jim Uolton (54,6 mlrd dollar), Walmart’ning yana bir aksiyadori Elis Uolton (54,4 mlrd dollar) va Uoltonlar oilasining yana bir vakili Rob Uolton (54,1 mlrd dollar) joy olgan. 

Umuman olganda röyxatga 2095 milliarder kiritilgan. Bu esa 2019 yilga nisbatan 58 kişiga va joriy mart oyiga nisbatan 226 kişiga kamroqni taşkil qiladi. 

Barça milliarderlarning umumiy boyligi 8 trln dollarni taşkil qilgan. Bu 2019 yilga nisbatan 700 mlrd dollar kamroqni taşkil qiladi. Reytingga 178 nafar yangi milliarder kiritilgan.

Reytingning yetakçi yigirmataligidan joy olgan milliarderlarning umumiy boyligi 1,14 trln dollarni taşkil qiladi. Milliarderlar soni böyiça AQŞ yetakçilik qilmoqda (614 kişi), 2-örinni Xitoy (389 kişi) va 3-örinni Germaniya (107 kişi) egallamoqda.