Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston ichida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Prezident qaroriga binoan, 2023 yil martdan Samarqand–Nukus, Samarqand–Mo‘ynoq, Samarqand–Termiz, Buxoro–Termiz, Namangan–Termiz va Namangan–Nukus kabi yangi yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlarni boshlash, Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlariga aviaqatnovlarni tiklash, Zomin aeroportiga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish choralari ko‘riladi.
Foto: Kun.uz
26 oktyabr kuni “Respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
- 2023 yil martdan Samarqand–Nukus, Samarqand–Mo‘ynoq, Samarqand–Termiz, Buxoro–Termiz, Namangan–Termiz va Namangan–Nukus kabi yangi yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlarni boshlash;
- Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlariga aviaqatnovlarni tiklash, shuningdek, Zomin aeroportiga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish;
- aviaqatnovlar jadvalini yo‘lovchilar uchun qulay bo‘lgan temir yo‘l, avtobus va mikroavtobus yo‘nalishlari bilan integratsiyalash orqali yagona logistika tizimini yaratish choralari ko‘riladi.
O‘zbekistonning rezident aviakompaniyalariga ichki turizm yo‘nalishlaridagi aviaqatnovlar uchun aviachipta narxining 25 foizi miqdorida respublika budjetidan subsidiya ajratish muddati 2026 yil 1 yanvargacha uzaytiriladi.
O‘zbekistonning rezident aviakompaniyalari 2028 yil 1 yanvargacha O‘zbekistonga olib kiriladigan, havo kemalariga xizmat ko‘rsatish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, texnik hujjatlar va dasturiy ta’minot uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda mahalliy aviaqatnovlar uchun Silk Avia nomli aviakompaniya tashkil etilmoqda. Uzbekistan Airports'ga tegishli aviakompaniya qisqa masofalarga uchish uchun mo‘ljallangan nisbatan kichikroq samolyotlar sotib olmoqda.
Mavzuga oid
09:42 / 15.01.2026
Eron havo hududi yopilishi: Uzbekistan Airways, Jazeera va Fly One Asia reyslari yo‘nalishini o‘zgartirdi
20:37 / 13.01.2026
Qozog‘iston osmonida O‘zbekiston va Rossiya samolyotlari xavfli yaqinlashgani ma’lum bo‘ldi
20:36 / 30.12.2025
2025 yilda yo‘lovchilar O‘zbekiston aeroportlaridan eng ko‘p parvoz qilgan yo‘nalishlar ma’lum bo‘ldi
22:46 / 29.12.2025