Şimoliy Koreyadagi «Pungeri» yadroviy poligonida mamlakat harbiylari uçta sinov şaxtasi, yer ustidan kuzatiş punktlari, qöriqlaş inşootlari, şuningdek, poligonga xizmat körsatiş uçun kerak bölgan boşqa obektlarni buzib taşlaşdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Ta'kidlanişiça, buziş işlari KXDR Yadro quroli instituti tomonidan amalga oşirilgan va bu yadroviy sinovlarni ötkaziş qarori qat'iy ekanini oçiq körsatib beriş maqsadida qilindi.

«Pungeri» yadroviy poligonidaagi sinov şaxtalari hamda inşootlarning portlatilişi natijasida atrof-muhitga radioaktiv materiallar sizib çiqişi kuzatilmadi», - deyiladi institut bayonotida.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şimoliy Koreyada xorijiy jurnalistlar kuçli yomğir tufayli «Pungeri» yadroviy poligoniga bora olişmayotgani xabar qilingandi.












