Toşkent şahar IIBB internet tarmoqlarida katta yoşdagi kişi yoş bolani urayotgani aks etgan video yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi. Ma'lum qilinişiça, voqea 22 avgust kuni Toşkent şahar Çilonzor tumanida sodir bölgan.
Jabrlanuvçining onasi IIV xodimlariga murojaat qilib, öğlini urgan qöşnisiga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
«Şu kuni soat 14.00larda Çilonzor tumani 8-mavzeda istiqomat qiluvçi yoş bolalar özaro urişib qolişgan. Ularning tortişuviga bolalardan birining otasi, 1986 yilda tuğilgan Q.B. aralaşgan hamda 2010 yilda tuğilgan K.A.ni urib, tan jarohati yetkazgan», deyiladi IIBB bayonotida.

Şuningdek, holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilayotgani hamda voyaga yetmagan fuqaroga yetkazilgan tan jarohati darajasini aniqlaş maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangani ma'lum qilindi.
Tekşiruv yakuni böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi aytilgan.
















