AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy tovarlariga yana 200 mlrd dollarlik bojlar joriy etish bilan tahdid qildi. Bu haqda Reuters Oq uy tomonidan tarqatilgan bayonotga asosan xabar bermoqda.

Trampning ma'lum qilishicha, AQSh savdo vakilidan bojlar joriy etiladigan mahsulotlar ro‘yxatini tuzib chiqish haqida so‘ragan.

«Yuridik jarayon tugaganidan so‘ng, bu bojlar kuchga kiradi. Xitoy o‘z amaliyotini o‘zgartirishdan bosh tortsa, yangi tariflarni ilgari surish bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgartirmasa, bu ro‘y beradi», - deyiladi bayonot matnida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp har doim savdo urushini xohlagani ma'lum qilingandi.