«Potensial qotil, Dilshod ismli 01K550XA raqamli avtomaşina haydovçisi, jarimalarni yiğadi va ularni TikTok'da ğurur bilan namoyiş etadi. Qiziq, u kimning farzandi ekan-a?», – deya izoh qoldirdi Makarenko foydalanuvçining avtomaşinada soatiga 150 km tezlikda harakatlangani aks etgan videosi ostida.
Foydalanuvçi qöygan suratlardan u yöl harakati qoidalarini buzgani uçun tuzilgan ma'muriy bayonnomalarni «kolleksiya» sifatida töplaşi va öz sahifasiga joylaşni xuş körişini köriş mumkin.
Sahifaga joylangan sur'atlardan birining ostiga #hokimiyat heştegi yozilgan. Suratdan tezlikka işqiboz haydovçi mansabdorlarga xos xizmat xonasida ötirgani körinadi.

Bloger Nikita Makarenko TikTok'ning bu foydalanuvçisi Ismoilov Dilshod Usmon öğli ekanini aniqlab, Olmaliq şahar hokimi Usmon Ismoiloviç Rahimovning öğli bölişi mumkinligiga işora qilgan.
Kun.uz bu ma'lumot qay darajada haqiqatga yaqinligini biliş maqsadida Toşkent viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Behzod Qobulov bilan boğlandi. U bergan ma'lumotga köra, Olmaliq şahar hokimi Usmon Rahimov videodagi haydovçi uning farzandi ekanini tasdiqlagan, ammo tarmoqqa joylangan bu videolarga «ança vaqt bölgan»ini aytgan.
Foydalanuvçi ayni paytda sahifasiga joylagan video va rasmlarni öçirib taşlagan.











