Buxoro şahrida “Boqiy Buxoro” etnografik parki qurilişi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan 2024 yil 1-çoragi böyiça investitsiya dasturiga kiritildi.

Unga köra, park 2024-2026 yillarda 470 mln dollar (qariyb 5,87 trillon söm)ga quriladi. Şundan 14,9 mln dollarlik investitsiya 2024 yilning 1-çoragida kiritilişi körsatilgan.

Hujjatda loyihani Singapur kompaniyasi amalga oşirişi qayd etilgan.

Eslatib ötamiz, Boqiy Buxoro etnografik parki Buxoro şahrining ma’muriy markazida, 32,6 gektarlik hududda quriladi. Bu hududdagi hokimlik, prokuratura va boşqa ma’muriy binolar, markaziy stadion va tadbirkorlarga tegişli qator köçmas mulklar buziladi.

Mas’ullarga köra, qurilajak park hududidan etnografik muzey, Buxoro vohasi uçun xos bölgan tarixiy mahallalar, aholi uçun xizmat körsatuvçi çoyxonalar va milliy taomlar tamaddixonalari, an’anaviy drenaj tizimlari – ariq va hovuzlar, hunarmandlar rastalari, zargarlik, zardözlik, kaştaçilik, yoğoç öymakorligi, temirçilik, kulolçilik, naqqoşlik, piçoqçilik kabi amaliy san’at ustaxonalari örin oladi.