Viloyat boş arxitektori Zuhriddin Muhiddinovning aytişiça, Buxoroning yangi ma’muriy markazi “Buxoro siti”da böladi. U yerda hokimiyat, prokuratura kabi davlat idoralarining binolari bölajak etnopark hududini sotişdan tuşgan mablağlar hisobiga quriladi.
Buxoro şahri markazidagi 32,6 gektar hududda bino-inşootlar buzilib, örnida Boqiy Buxoro madaniy-etnografik parki qurilişi e’lon qilingan edi. Viloyat boş arxitektori Zuhriddin Muhiddinov bu borada jurnalistlarning bir neçta savollariga javob berdi.
Uning aytişiça, buzilişi rejalaştirilgan hududdagi davlat idoralari uçun yangi binolar yerlarning sotilişidan tuşgan mablağlar hisobidan quriladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining mulklari buzilişi uçun kompensatsiya tölovlari esa mahalliy budjet mablağlari hisobidan qoplab beriladi.
“Bu hududda asosan ma’muriy binolar, yirik sport inşooti, xususan, markaziy öyingoh va tadbirkorlarga tegişli inşootlar joylaşgan.
Bugungi kunda ma’muriy binolar – viloyat va şahar hokimligi, viloyat prokuraturasi kabi obektlarning yangidan qurilişi böyiça “Buxoro siti” majmuasida loyiha işlari amalga oşirilmoqda. Boş reja işlab çiqilib, konsepsiyaga joylaştirildi. Bular köçirilişi rejalaştirilgan obektlarning sotilişidan tuşgan mablağlar hisobidan qurilişi rejalaştirilgan. Bundan taşqari, markaziy öyingoh ham şu obektlar sotilişidan kelgan pul evaziga qurilişi közda tutilgan.
Tadbirkorlik sub’yektlariga tegişli mol-mulklarga belgilangan tartibda mahalliy budjet mablağlari hisobidan kompensatsiya tölanadi va ularning roziligi olinişi belgilangan”, dedi u.
Boş arxitektorga köra, binolarni buziş xarajatlari ular joylaşgan yer uçastkalarini auksionda sotib oladigan taşkilot zimmasida böladi.











