Gulruxbegim Tohirjonova AQSh nomidan dona surishi haqidagi xabarlardan keyin Kun.uz’ning Farg‘onadagi muxbiri shaxmatchining otasi Alisher Mo‘minov bilan bog‘langan, ota esa bu qarorni qizi mustaqil qabul qilgani va unga qarshi bo‘lmaganini aytib o‘tgandi.

«Bu qaror qizimning o‘zidan chiqdi. U 21 yoshga to‘ldi. Mustaqil fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qiladigan yoshga yetib keldi. Men ota sifatida uning qarorini qo‘llab-quvvatladim. Endilikda qizim [Gulruxbegim Tohirjonova] AQShning Missuri universiteti jamoasi safida dona suradi va bundan keyin xalqaro musobaqalarda Amerika Qo‘shma Shtatlari sharafini himoya qiladi. Bir narsani alohida ta'kidlamoqchiman, qizim fuqaroligini o‘zgartirgani yo‘q. U — O‘zbekiston fuqarosi. Faqatgina shaxmat bo‘yicha musobaqalarda Qo‘shma Shtatlar nomidan qatnashadi», — degan edi u.

Alisher Mo‘minov va qizlari
Foto: Telegram / @Nazlobudnya_AU

Dekabr oyi oxirida bloger Aziza Umarova AQSh shaxmat federatsiyasi a'zosiga aylangan Gulruxbegim Tohirjonova borasidagi xabarlardan keyin opa-singil grossmeysterlar haqida fikrlarini bildirdi.

U opa-singillar – Nafisa Mo‘minova, Hulkar Tohirjonova va Gulruxbegim Tohirjonova tarixiga to‘xtalib, postini shunday so‘zlar bilan yakunlagan: «Bizda bu kabi iqtidorli qizlarni qadrlamasliklaridan afsusdaman. Biroq bu ajoyib shaxmatchilar qachonlardir Qo‘qondagi oddiy o‘zbek oilasida tug‘ilganidan cheksiz faxrdaman. Ular qayerda sovrinli o‘rinlarni egallamasin, o‘zbek bo‘lib qoladi. Qolgani — sport funksionerlarining aybi. Ota esa — tilla odam. Biz sizlar bilan faxrlanamiz, qizlar! Siz millatimiz g‘ururisiz».

Grossmeyster Gulruxbegim Tohirjonova AQSh nomidan dona suradi, Nafisa va Hulkar terma jamoadan chiqarilgan

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi grossmeyster Gulruxbegim Tohirjonova atrofidagi xabarlar bo‘yicha rasmiy