Hindistonning Çennai şahrida şaxmat böyiça 44-jahon olimpiadasi boşlandi.

29 iyulda bölib ötgan birinçi turda Özbekiston erkaklar terma jamoasi – Nodirbek Abdusattorov (2004 yil), Nodirbek Yoqubboyev (2002 yil), Javohir Sindorov (2005 yil) va Şamsiddin Vohidov (2002 yil) nepallik raqiblari ustidan ğalabaga erişdi: Özbekiston – Nepal 4:0.

Özbekistonlik yigitlarning barçasi – grossmeysterlar (GM). Qatnaşçilarning familiyasi yoniga ularning FIDe reytingi yozilgan. 

Umida Omonova (2006 yil), Afruza Hamdamova (2009 yil), Maftuna Bobomurodova (2006 yil) va Marjona Malikova (2002 yil)dan iborat Özbekiston ayollar terma jamoasi ham ganalik raqiblarini mağlub etdi: Özbekiston – Gana 4:0.

Özbekistonlik qizlardan uç nafari FIDe ustasi unvoniga ega.

Bugun 2-turda özbekistonlik şaxmatçi yigitlar Farer orollari, qizlar esa AQŞ terma jamoasiga qarşi dona surmoqda.

Kun.uz manbasining ma’lum qilişiça, olimpiadaning 2-turida Özbekiston terma jamoasi vakili Nilufar Yoqubboyeva AQŞ terma jamoasi nomidan iştirok etayotgan özbekistonlik Gulruxbegim Tohirjonovaga qarşi dona surişiga töğri kelgan.

“Biroq Gulruxbegim öyinni rad qilib, Özbekistonga qarşi öynamasligini aytdi. Endi 2-turda uning örniga Irina Kruş öynaydi. Balki mardlikdir, lekin alamli va ta’sirli ekani aniq”, – deydi suhbatdoş.

Ayni paytgaça Nilufar Yoqubboyeva va Marjona Malikova amerikalik raqiblarga imkoniyatni boy berdi, yana ikkita öyin davom etmoqda. Ma’lumot uçun, AQŞ terma jamoasi jahon tasnifida 7-, Özbekiston esa 46-poğonadan joy olgan.

Yigitlar örtasida esa Abdusattorov va Yoqubboyev farerlik şaxmatçilarni mağlub etdi, keyingi ikkita stolda ham ustunlik özbekistonliklar tarafida.

Eslatib ötamiz, Gulruxbegim Tohirjonova – özbekistonlik qizlar içida xalqaro grossmeyster unvonini olgan ikkinçi şaxmatçi. U 2020 yilda, 21 yoşida AQŞga