Bekobodda 5-qavatdan tushib ketib halok bo‘lgan ayolning turmush o‘rtog‘i qamoqqa olindi
Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha hodisa bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Kun.uz manbasiga ko‘ra ayolga doimiy zo‘rlik ishlatib kelganlikda gumon qilinayotgan erkak qamoqqa olingan.
Qayd qilinishicha, 28 yoshli ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan muttasil ruhiy va jismoniy tahqirlangan.
«Mazkur holat yuzasidan Bekobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, Jinoyat Kodeksining 103-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozir tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi Bosh prokuratura ma’lumotida.
Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha, marhumaning turmush o‘rtog‘i, unga doimiy zo‘rlik ishlatib kelganlikda gumon qilinayotgan erkak qamoqqa olingan.
Eslatib o‘tamiz, Bekobod tumanida turmush o‘rtog‘i tomonidan muttasil ruhiy va jismoniy tahqirlab kelingan 28 yoshli ayol shu yil 27 mart kuni 5-qavatdan tushib ketib, vafot etgan.
Marhumaga avvalroq 3 marotaba himoya orderi berilgan, so‘nggi order berilganiga hali 1 oy bo‘lmagandi. Uning yaqinlari va voqea guvohlari ayol vafotidan oldin qattiq kaltaklanganini, unga turmush o‘rtog‘i ko‘p marta o‘ldirish bilan tahdid qilganini aytishgan.
Senat raisi Tanzila Norboyeva hodisa yuzasidan prokuratura organi olib borayotgan tekshiruv harakatlarini o‘z nazoratiga olgandi.
Mavzuga oid
12:00 / 27.11.2024
So‘rovnoma: Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni kamaytirish uchun nimalar qilish kerak?
09:52 / 26.11.2024
10 oyda salkam 16 ming kishi oiladagi zo‘ravonlik uchun javobgarlikka tortildi
17:03 / 25.11.2024
O‘zbekistonda «Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik» tadbirlariga start berildi
19:44 / 18.11.2024