«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK 2018 yilning 19 iyundan boshlab, Toshkent - Mineralniye-Vodi - Toshkent yo‘nalishida qatnovlar sonini oshiradi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.

Qo‘shimcha qatnov seshanba kunlari Airbus 320 zamonaviy havo laynerlarida quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

Seshanba: HY-645 Toshkent 09:00 – Mineralniye-Vodi 10:30
Seshanba: HY-646 Mineralniye-Vodi 12:30 – Toshkent 17:35

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent - Bishkek - Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlar soni oshirilgani xabar berilgandi.