2023 yilda gaz qazib olishni 9 foizga oshirish imkoniyati borligi aytildi
O‘zbekiston hukumati 2023 yilda tabiiy gaz qazib olish hajmini kamida 9 foizga oshirib, 56,3 mlrd kub metrga yetkazishni mo‘ljallamoqda. Ta’kidlash kerak, oxirgi yillarda gaz qazib olish ko‘rsatkichlari faqat pasayib boryapti. Va’da qilinishicha, gaz, elektr, ko‘mir va mazut importi bo‘yicha bu yil avvalroqdan kelishuvga erishib qo‘yiladi.

Foto: "O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati
Bosh vazir Abdulla Aripov kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikda yo‘l qo‘yilgan xatolar yuzasidan selektor o‘tkazdi.
Yig‘ilishda hokimliklar bilan birga jamoat transporti, kommunal soha va chiqindi tashish maxsus texnikalari, qolipli non ishlab chiqaruvchi korxonalarning maxsus transport vositalari uchun hozirdan alohida gaz quyish shoxobchalarini biriktirib berish kerakligi aytildi.
“Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023 yilda tabiiy gaz qazib olish hajmini 56,3 mlrd kub metrga yetkazib (2022 yilda 51,7 mlrd kub metr), o‘tgan yilga nisbatan 4,6 mlrd kub metrga oshirish imkoniyati bor.
Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya joriy etish va energiya samaradorligini oshirish hisobiga 1,6 mlrd kub metr gaz iqtisod qilishimiz mumkin”, – deya yig‘ilishdan iqtibos keltirmoqda O‘zA.
Qayd etilishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ joriy yilda tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini 32,8 mlrd kub metrga yetkazish uchun qiymati 5,7 trln so‘mga teng 744 ta geologik-texnik tadbirlarni amalga oshirishi kerak.
Energetika vazirligi joriy yilda tabiiy gaz va elektr energiyasi, ko‘mir va mazut importi bilan bog‘liq masalalarni qayta ko‘rib chiqishi, boshqa muqobil hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazishi, kelishuvlarga erishish bo‘yicha oldindan barcha zarur tadbirlarni amalga oshirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan, 23-27 yanvar kunlari respublikaning aksariyat hududlariga nisbatan sovuq havo massasi kirib kelishi va buning natijasida havo harorati joylarda kechasi -5...-18 daraja sovishi bashorat qilinmoqda.
Shuning uchun, o‘tgan 15 kun davomida amalga oshirilgan tadbirlarni yanada kuchaytirgan holda shtablar faoliyatini davom ettirish topshirildi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mahalliy korxonalar mutaxassislari xorijda malaka oshiradi
O‘zbekiston | 10:42
-
Toshkentda yong‘inda ikki kishi halok bo‘ldi. Bu oxirgi haftadagi uchunchi yirik yong‘in
Jamiyat | 10:24
-
Belarusda qo‘lga olingan AQSh fuqarosi Zenkovich ozod etildi
Jahon | 10:14
-
O‘zbekiston noqonuniy migrantlarni yurtiga qaytarish bo‘yicha boshqalarga namuna – Tramp ma’muriyati
O‘zbekiston | 10:12
Mavzuga oid

09:32 / 26.03.2025
Kreml hujum qilinmaydigan energetika obektlarini ma’lum qildi

18:04 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?

14:01 / 25.03.2025
O‘zbekiston yana netto gaz eksportchisiga aylandi

21:33 / 24.03.2025