Prezident Şavkat Mirziyoyevning Farğona viloyatiga taşrifi davom etmoqda. Jarayonlarni Farğonadan turib yoritayotgan Kun.uz muxbiri taşrifda qatnaşayotgan bir neçta vazir va taşkilot rahbarlari bilan intervyu uyuştirmoqda. 

Keça, 5 iyun kuni Boş vazir örinbosari, turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov pandemiya va uning turizmga ta'siri hamda sohani qayta tiklaş masalalari böyiça Kun.uz muxbiri savollariga javob berdi.

Abduhakimovning aytişiça, Özbekiston hukumati asta sekinlik bilan xalqaro aviareyslarni yölga qöyiş uçun tayyorgarlik körmoqda.

«Biz bunga katta tayyorgarlik körmoqdamiz. Xalqaro aviareyslar yaqin orada oçiladi. Mana, Yaponiya, Yevropaning ayrim mamlakatlari xalqaro reyslarni yölga qöydi. Turkiya ham oçiliş arafasida. Kördilaringiz, 8 iyundan avtobuslar ham yölovçi taşişni boşlaydi. Boşqa turdagi jamoat transportlari ham yaqin orada yölga tuşadi. 

Biz şuningdek, turizmni rivojlantiriş va uni avvalga sur'atlariga qaytariş maqsadida Özbekistonga keladigan har bir sayyohga 15 AQŞ dollaridan tölab beradigan böldik. Bu şunday böladiki, bitta samolyotda örtaça 200 nafar sayyoh keladigan bölsa, ularning jami 3000 AQŞ dollari miqdoridagi xarajatini tölab beryapmiz.. Mehmonxonalarda xarajatlarning 10 foizini, yil oxirigaça esa transport xarajatlarining 30 foizini ham qoplab beramiz, ya'ni davlat tomonidan subsidiya beriladi», - deya Abduhakimovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.  

Eslatib ötamiz, Özbekiston «qizil», «sariq» va «yaşil» aviareyslarni taşkil etişni rejalaştirmoqda.

Murakkab epidemiologik vaziyat kuzatilayotgan davlatlardan faqatgina «qizil» reyslar taşkil etiladi. Ular faqat özbekistonliklarni evakuatsiya qiliş uçun böladi. Epidemiologik xavf örtaça darajada bölgan davlatlardan «sariq» reyslar taşkil etiladi. Barça yölovçilar karantinga olinadi. «Yaşil» reyslar esa koronavirus bilan boğliq vaziyat töliq nazoratga olingan davlatlardan amalga oşiriladi.